O‘zbekiston | 08:06 / 21.05.2024
4062
1 daqiqa o‘qiladi

Moliyaviy sanksiyalar qo‘llashda xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan yengillik beriladi

O‘zbekistonda raqobat to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun moliyaviy sanksiyalar qo‘llashda xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan yengillik berilmoqda.

Foto: Senat.uz

Senatning ellik ikkinchi yalpi majlisida  “Raqobat to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartirish kiritish ko‘zda tutilgan qonun muhokama qilinib, ma’qullandi.

Iqtisodiy jihatdan past ta’sir darajasiga ega bo‘lgan raqobat to‘g‘risidagi qonunchilikning buzilishini birinchi marta sodir etgan xo‘jalik yurituvchi sub’yektga bunday huquqbuzarlikning takroran sodir etilishiga yo‘l qo‘ymaslik haqida ogohlantirish berilishi va unga nisbatan moliyaviy sanksiyalar qo‘llanilmasligi belgilanmoqda.

Ta’kidlanishicha, ushbu qonun raqobat sohasini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarning o‘zaro muvofiqlashtirilishiga, tovar va moliya bozorida sog‘lom raqobat muhitining ta’minlanishiga hamda tadbirkorlik sub’yektlariga nisbatan choralar ko‘rilishida adolatning qaror topishiga xizmat qiladi.

Mavzuga oid