AQŞ Ğaznaçilik departamenti Rossiya mudofaa sanoatini zarur texnologiya va uskunalar bilan ta’minlagan 275 nafar şaxs va taşkilotga naibatan sanksiyalar kiritdi. Ular qatorida Özbekistonda röyxatdan ötgan Uzstanex va The Elite Investment Group kompaniyalari ham bor.

Korxonalar va taşkilotlarning yagona davlat registriga köra, Uzstanex 2018 yil iyul oyida röyxatdan ötgan. Amalga oşiradigan faoliyat turi – mexanik dastgohlarning ulgurji savdosi. Ustav fondi 65 mln söm. Yagona ta’sisçisi – Abramov Vasiliy Vitaleviç, direktori – Boysov Dmitriy Aleksandroviç. Kompaniya Toşkent şahri Yaşnobod tumanida joylaşgan. 

AQŞ Ğaznaçilik departamenti ma’lum qilişiça, Uzstanex tomonidan xarid qilingan dastgohlar Xitoyda joylaşgan Shanghai Winsun Imp hamda Exp Co Ltd (Shanghai Winsun) kompaniyalari orqali Rossiyaga yetkazib berilgan. Şu sababdan unga qarşi sanksiyalar kiritilgan.  

Ustav fondi 3 mln söm bölgan The Elite Investment Group 2024 yil yanvar oyida taşkil etilgan. Faoliyat turi – ixtisoslaşmagan ulgurji savdo. Kompaniya Toşkent viloyatining Yangiyöl tumanida joylaşgan. Uning asosçisi va direktori – Kazakbayeva Nodira Abdusattorovna.  

«Kompaniya 2024 yil mart oyi örtalaridan may oyigaça GUCLU GLOBAL kompaniyasidan taşuvçi agenti sifatida foydalangan holda, Rossiyadagi kompaniyalarga, şu jumladan Gs GRUPP kompaniyasiga taxminan 190 ming dollar qiymatidagi yuqori ustuvor tovarlarni, jumladan elektr transformatorlarini yetkazib berdi», deyiladi Ğaznaçilik departamenti xabarida.  

Avvalroq, Özbekistonda röyxatdan ötgan Mvizion va Intheme Lab MÇJ ham AQŞ sanksiyalari röyxatiga kiritilgani xabar qilingandi.