Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida "Karera kuni" bo‘lib o‘tadi
Yosh mutaxassislarni munosib mehnat bilan bandligini ta'minlash maqsadida 2017 yil 28 yanvar kuni soat 10:00da Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida “Karera kuni” axborot tanishtiruv tadbiri bo‘lib o‘tadi.
Tadbirda universitet professor-o‘qituvchilari, bakalavriat va magistratura bosqichining bitiruvchi kurs talabalari ishtirok etadilar. Talaba yoshlar elektron tarqatma materiallar, prospektlar hamda boshqa taqdimot uslub va vositalardan samarali foydalanib, kasbiy va malakaviy bilimlari, qobiliyatlari hamda malakalari taqdimotini o‘tkazishadi.

Ta'kidlash kerakki, “Karera kuni” doirasida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Savdo-sanoat palatasi, “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK, O‘zbekiston temir yo‘llari AJ, “Kamolot” YoIH, Markaziy bank, Milliy bank, Mikrokreditbank, Asakabank, Hamkorbank, Ipotekabank, Agorobank, Turonbank, O‘zsanoatqurilishbank, Davr bank, ASIA ALLIANCE BANK, ORIENT FINANS BANK, “Korzinka.uz”, “Artel”, “Next”, “Makro”, “Nestle”, “International hotel Tashkent” kabi tashkilot va muassasalar o‘z bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etib, bitiruvchi talaba yoshlar bilan ishga joylashish va kasbga-yo‘naltirish bo‘yicha muloqotlar olib boradi hamda shartnomalar imzolaydi.
“Karera kuni” axborot-tanishitiruv tadbirini o‘tkazishdan maqsad kadrlarga buyurtma bergan ish beruvchi korxona va tashkilotlar bilan bakalavriat hamda magistratura bosqichi bitiruvchilari o‘rtasida aniq integratsion va ishga joylashtirish bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri uzoq muddatga mo‘ljallangan aloqalar o‘rnatishdan iborat.
TDIU Axborot xizmati
Mavzuga oid
09:23 / 01.12.2020
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti London iqtisodiyot va siyosiy fanlar maktabi bilan memorandum imzoladi
16:10 / 29.08.2017
Deputat «narxoz mashmashalari»ga munosabat bildirdi
23:15 / 28.08.2017
Narxozdan nimaning isi kelmoqda?
15:07 / 28.08.2017