Kun.uz saytida e'lon qilingan «Toşkent davlat iqtisodiyot universitetidagi sirlar oçilmoqda» va «Narxoz»da test kuni «rektorskaya gruppa» işlaganmi yoki bu bir tasodifmi?» sarlavhali maqolalardan söng tahririyat poçtasiga tinimsiz xatlar kelmoqda va mavzu ijtimoiy tarmoqlarda qizğin muhokama qilinmoqda. Şular orasidan eng diqqatga sazovorlari olinib, tahlil qilingan holda öquvçilar e'tiboriga havola etiladi.

Surayyo Muzafarova ismli foydalanuvçi quyidagiça fikrlarni yozdi (izoh qisman tahrirlandi):

«Farzandim, ya'ni öğlim bu yil öşa «Narxoz»ga topşirgandi, ne umidlar bilan 3 yil repetitorga qatnab. Kirolmadi. 108,4 ball bilan. «Narxoz»da bularning juda ham «öyini» köp ekan. Biz hujjatni «Mehmonxona» yönalişiga topşirganmiz. Qabul komissiyasi esa öğlimni «Turizm» yönalişiga qöygan. Uç marta bordim. Bolamni «Mehmonxona» yönalişiga ötkazdilaringmi, deb sörab. Qabul komissiyasida ötirgan odam «töğirlab çiqdim, notöğri ketib qolibdi», dedi. Lekin meni aldaşgan ekan. Şu bilan DTM olganda ham borib söradim, bolam «Mehmonxona» yönalişidami, qani röyxatni ilib qöyişinglar kerak edi, desam, «Sizdaqalar 60 mingta, qaysi biring bilan gaplaşamiz», deb meni urişib haydagandan badtar qilişdi. Xullas, tayinli javob olmadim. Test kuni bolam imtihonni «Turizm» yönalişiga topşirib çiqdi. Savolnomaga hattoki «Mehmonxona» deb yozib çiqdi. Lekin javoblar çiqqanda borib qarasak, öğlim «Turizm» yönalişida turibdi. «Mehmonxona» yönalişi tag-tugi bilan yöq. Uşbu yönalişning javoblarini e'lon ham qilişmadi. Men qabul komissiya raisiga uçradim, Azamat Muxtorovga. «Qani «Mehmonxona» yönalişi, nega ilmagansizlar?» desam tayinli javob ololmadim. Bu iş yuzasidan Boş prokuraturaga, Milliy xavfsizlikka, Prezident portaliga şikoyat tayyorladim. Öşa «Narxoz»dagi qabul komissiyasi öyinlarini körib çiqişlari uçun. Umuman haqiqat yöq ekan «Narxoz»da. Bolamning bir yillik umri bekor ketadigan böldi».

Şunga öxşaş izohni yana Şohrux Rasulov ismli foydalanuvçi qoldirdi. Unda quyidagiça deyiladi:

«Narxozda keyin xohlagan yönalişingizga topşira olmaysiz, hammasi «Iqtisod»ku deb, «Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar böyiça)» yönalişiga aldab odamlarni topşirtiradi».