Prezident boshqaruv kompaniyalarining faoliyatini qoniqarsiz deb atadi
20 mingta ko‘p qavatli uylar aholisi ularning ishidan norozi ekanini bildirgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligidagi yig‘ilishda kommunal sohadagi ishlar ahvoli tahlil qilindi.
Ko‘p qavatli uylarni boshqarish, issiqlik va suv ta’minoti sohalarida keskin o‘zgarish bo‘lmayotgani tanqid qilindi.
Jumladan, aksariyat ko‘p qavatli uylarda energiya sarfi xorijga nisbatan 3-4 barobar yuqori, issiqlik ta’minoti tizimida energiya yo‘qotishlari ko‘p, tizimda bugungi kunga qadar biror marta energiya auditi o‘tkazilmagan, debitor qarzdorligi oqibatida issiqlik korxonalari tizimni yaxshilashga investitsiya kiritmayapti.
Uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi va Energetika vazirligiga ko‘p qavatli uylarda energiya tejash bo‘yicha alohida dastur amalga oshirishni boshlash topshirildi.
Xalqaro ekspertlar jalb qilinib, qayerda markazlashgan, qayerda lokal yoki individual isitish tizimini qo‘llash, qaysi qozonxonalarni kogeneratsiya texnologiyasiga o‘tkazish bo‘yicha har bir hududning issiqlik ta’minoti sxemasi ishlab chiqiladi.
Yig‘ilishda uy-joylarni saqlash masalalari ham ko‘rib chiqildi.
Joylardagi boshqaruv kompaniyalarining faoliyati ko‘p hollarda qoniqarsizligi, 20 mingta ko‘p qavatli uylar aholisi ularning ishidan norozi ekani qayd etildi.
Boshqaruv kompaniyalari va shirkatlarning qaytarilmagan krediti va debitor qarzdorligi bilan bog‘liq muammolar mavjud.
Shu munosabat bilan mutasaddilarga boshqaruv kompaniyalari faoliyatini sog‘lomlashtirish choralarini ko‘rish topshirildi.
Umuman, elektr, gaz, suv, issiqlik, chiqindi, «kvartplata», soliq to‘lovlari bo‘yicha xonadonning yagona billing hisob-raqamini joriy qilish vaqti kelgani qayd etilib, xorijiy tajriba asosida tegishli takliflarni ishlab chiqish topshirildi.
Hozirda ko‘p qavatli uylardagi 2 mingta yerto‘la tadbirkorlarga ijaraga berilmasdan, bo‘sh yotibdi.
Vaholanki, bu orqali mahallalarda 20 mingta ish o‘rni yaratish va ijaradan yiliga 150-200 milliard so‘m qo‘shimcha daromad topish mumkin.
Endi ko‘p qavatli uylar yerto‘lasi va bo‘sh joylarini ijaraga berishni yangi tartibi joriy qilinadi. Bunda:
- yerto‘la va bo‘sh maydonlar haqida ma’lumotlar raqamlashtirilib, «Mening uyim» tizimiga bog‘lanadi hamda aholi va tashabbuskorlarga ochiq e’lon qilinadi;
- ijara to‘lovlari faqat «Mening uyim» platformasi orqali hisob-kitob qilinadi va aholi uchun ochiq bo‘ladi.
Bundan tashqari, kompleks rahbariyatiga avariya holatidagi uylarni renovatsiya qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish topshirildi.
Tavsiya etamiz
Husanov nega o‘ynamayapti?
Sport | 10:00 / 01.05.2025
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?
Sport | 13:50 / 30.04.2025
Fuqarolarga yoshga doir pensiyani tayinlash tartibi yengillashtirilyapti
O‘zbekiston | 11:37 / 30.04.2025
Toshkentda avtobuslar konditsioneri qachon yoqiladi?
O‘zbekiston | 20:40 / 29.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Saida Mirziyoyeva AQSh Mustaqilligi kuni munosabati bilan tashkil etilgan qabulda ishtirok etdi
O‘zbekiston | 22:25
-
Toshkentda uyda giyohvand o‘simligini yetishtirgan shaxslar qo‘lga olindi
Jamiyat | 22:08
-
Texasda 8 mln dona tanga avtomobil yo‘liga sochilib ketdi - video
Jahon | 21:57
-
Shahzoda Harriga Britaniyaga tashrifi davomida shaxsiy qo‘riqchilar ajratilmaydigan bo‘ldi
Jahon | 21:55
Mavzuga oid

16:48 / 31.01.2025
O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasiga yangi rais saylandi

18:30 / 07.10.2024
Qurilish sohasida aholi noroziligiga sabab bo‘layotgan holatlar haqida ma’lumot berildi

12:05 / 17.07.2024
Botir Zokirov qurilish vaziri lavozimidan ketdi

11:37 / 13.07.2024