Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Berdimuhamedov Mirziyoyevga O‘zbekiston xalqiga chuqur hurmat-ehtirom ramzi sifatida tuya va bo‘taloq sovg‘a qildi
Amaliy tashrifning madaniy dasturi doirasida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Turkman xalqining milliy yetakchisi, Xalq Maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedov va Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev birgalikda "Avaza" kongress markazi yonidagi maxsus maydonga tashrif buyurdilar.

Oliy martabali mehmonlarga "Galkinish" milliy ot sportijamoasi axaltaka zotli tulporlarining chiqishlari namoyish etildi.
Dunyoga mashhur "Galkinish" ot sporti guruhi bu yil Monte-Karloda bo‘lib o‘tgan 47-xalqaro sirk festivalida muvaffaqiyatli ishtirok etib, oltin mukofotga sazovor bo‘ldi, shuningdek, Istanbulda bo‘lib o‘tgan Xalqaro etnosport festivalida muvaffaqiyatli ishtirok etdi.

Turkman xalqining milliy yetakchisi O‘zbekiston xalqiga chuqur hurmat-ehtirom ramzi sifatida O‘zbekiston rahbariga to‘kin-sochinlik va farovonlik ramzi bo‘lgan tuya va bo‘taloqni sovg‘a qildi.




Mavzuga oid
21:48 / 11.12.2025
Shavkat Mirziyoyev Ashxobodda Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashdi
20:08 / 08.10.2025
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Tojikistonga boradi
21:56 / 23.09.2025
Turkmanistonda ish haqi va pensiyalarni oshirishdan voz kechish taklif etildi
13:49 / 09.09.2025