Janubiy Koreyada suv toshqinlari: o‘nlab kishilar halok bo‘lgan, o‘n kishi bedarak yo‘qolgan
Suv bosgan tunneldagi avtomobillarga yetib borishga uringan janubiy koreyalik qutqaruvchilar kamida yetti jasadni topishgan.
685 metr masofadagi tunnelda 15 avtomobil qolib ketgan, ularda qancha odam bo‘lgani noma’lum.
Kuchli yomg‘irlar suv toshqinlari, ko‘chki va Janubiy Koreyaning katta qismida elektr energiyasi uzilishiga olib keldi.
Ayni vaqtda 33 kishining o‘limi tasdiqlangan, 10 kishi — bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda.
Mamlakatning markaziy qismidagi Shimoliy Chungcheong provinsiyasidagi Cheongju shahri yaqinidagi Oseong tunneli yaqin atrofdagi daryoda suv qirg‘oqlaridan toshib chiqishidan ko‘p o‘tmay suvga to‘lgan, natijada unda harakatlangan mashinalardagi haydovchilar va yo‘lovchilar chiqishga ulgurmagan.
Shanba kuni to‘qqiz kishini qutqarishga muvaffaq bo‘lingandi, hozircha qolganlarning taqdiri noma’lumligicha qolmoqda.
«Dunyo» AA xabar berishicha, Janubiy Koreyada kuchli yomg‘irlar oqibatida halok bo‘lganlar va jabrlanganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari yo‘q. O‘zbekistonning Seuldagi elchixonasi vaziyat o‘zbek diplomatlari nazoratiga olinganini ma’lum qilgan.
Shanba kuni Janubiy Koreyada qariyb 300 mm yog‘in yog‘di. Qurbonlarning aksari — Shimoliy Kyonsan provinsiyasining tog‘li hududlariga to‘g‘ri keladi, bu yerda ko‘chki oqibatida butun uylar tuproq ostida qolgan. Minglab kishilar evakuatsiya qilingan.
Suv toshqinidan jabrlangan hududlarda olingan aerofotosuratlarda suv va loy ostidan faqat tomlarning yuqori qismi ko‘rinadi.
Butun mamlakat bo‘ylab temiryo‘l aloqasi to‘xtatildi, tezyurar poyezdlar harakatlanadigan ayrim yo‘nalishlar bundan mustasno.
Koreya meteorologiya boshqarmasi yangi haftaning chorshanba kuniga qadar yog‘ingarchilik miqdori oshishini prognoz qilmoqda va ob-havo sharoiti jiddiy darajada yomonlashishidan ogohlantirmoqda.
Mavzuga oid
02:35 / 12.11.2024
NBC: Janubiy Koreya prezidenti Tramp bilan uchrashuv oldidan golf mashg‘ulotlarini qayta boshladi
17:52 / 11.11.2024
LG dunyodagi birinchi cho‘ziluvchan displeyni namoyish qildi
12:38 / 11.11.2024
Alisher Abdusalomov Janubiy Koreya prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi
00:08 / 11.11.2024