21:34 / 01.07.2022
78363

Jamoat tartibi tiklanib, tushuntirish ishlari olib borilmoqda - IIV Nukusdagi noqonuniy miting haqida

Nukusda fuqarolarning noqonuniy namoyishi bo‘lib o‘tdi.

Ichki ishlar vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahridagi fuqarolarning noqonuniy namoyishlari yuzasidan ma’lumot berdi.

«Joriy yilning 1 iyul kuni soat taxminan 15.00 lardan boshlab Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida ayrim fuqarolar, respublikamizda amalga oshirilayotgan konstitutsiyaviy islohotlarni noto‘g‘ri talqin qilishlari oqibatida, kutilmaganda ko‘cha yurishlarini tashkil qilib, Nukusning Markaziy dehqon bozorida to‘planib, namoyishlar uyushtirishgan.

Mazkur holat yuzasidan, jamoat tartibi buzilishining oldini olish hamda fuqarolar tomonidan turli tartibbuzarliklarni sodir etishlariga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida, dehqon bozori hududiga huquqni muhofaza qilish organlarining kuch va vositalari jalb etilgan.

Hozirda jamoat tartibi tiklanib, fuqarolarning qonunbuzarlik holatlariga yo‘l qo‘ymasliklari va barcha murojaatlari o‘rnatilgan tartibda ko‘rib chiqilishi bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borilmoqda», deyiladi vazirlik xabarida.

Mavzu
Qoraqalpog‘istondagi namoyishlar
1-2 iyul kunlari Qoraqalpog‘iston markazi Nukus shahrida tartibsizliklar kuzatildi. Milliy gvardiya xodimlari bilan to‘qnashuvlarda 200 dan ortiq kishi yaralangan, 18 kishi halok bo‘lgan.
Barchasi
Top