Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston | 10:06 / 11.03.2023
40057
2 daqiqa o‘qiladi
ID-karta va «zagranpasport»ni yangisiga almashtirish tartibi takomillashtiriladi
Foto: Kun.uz
“O‘zbekiston fuqarosining identifikatsiya ID-kartasi va xorijga chiqish biometrik pasporti amal qilish muddati tugaganligi munosabati bilan yangisiga almashtirish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi prezident farmoni loyihasi e’lon qilindi.
Loyihada quyidagilar nazarda tutilmoqda:
- fuqaroning identifikatsiya ID-kartasi hamda xorijga chiqish biometrik pasportining amal qilish muddati tugaganligi munosabati bilan uni yangisiga almashtirish bilan bog‘liq xabarnomalar yuborilishini joriy etish;
- Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidagi shaxsiy kabinetiga bog‘langan fuqaroga identifikatsiya ID-kartasi hamda xorijga chiqish biometrik pasportining amal qilish muddati tugaganligi munosabati bilan uni yangisiga almashtirish bilan bog‘liq xabarnomalar yuborishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha zarur bo‘lgan axborot tizimlarini o‘zaro integratsiya qilish;
- identifikatsiya ID-kartasini olish yuzasidan shakllantirilgan talabnomalarning fuqarolar tomonidan davlat boji to‘lanmaganligi sababli axborot tizimda tugallanmagan holatda bo‘lishi va yakunlamagan talabnomalar sonini ortishi hamda hisobotlarda noto‘g‘ri ma’lumotlar shakllanishi oldini olish.
Farmon loyihasi qabul qilinishi:
- aholiga davlat xizmatlarini qulay va oson shakllarda ko‘rsatish imkoniyatini yaratish, fuqaroning identifikatsiya ID-kartasi hamda xorijga chiqish biometrik pasportining amal qilish muddati tugaganligi munosabati bilan uni yangisiga almashtirish bilan bog‘liq xabarnomalar yuborilishini joriy etish bo‘yicha zarur bo‘lgan axborot tizimlarini o‘zaro integratsiya qilish va xizmatni yo‘lga qo‘yish;
- identifikatsiya ID-kartasini olish yuzasidan shakllantirilgan talabnomalarning fuqarolar tomonidan davlat boji to‘lanmaganligi sababli axborot tizimda tugallanmagan holatda bo‘lishi hamda yakunlamagan talabnomalar sonini ortishi va hisobotlarda noto‘g‘ri ma’lumotlar shakllanishi oldini olish imkoniyatini yaratadi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lishMavzuga oid
22:26 / 14.03.2026
Samarqandda SSSR pasporti bilan yurgan ayolga ID karta berildi
14:30 / 26.01.2026
JShShIRni qanday aniqlash mumkin?
19:55 / 26.12.2025
O‘zbekistonda ID-kartani qanday olish mumkin?
18:00 / 01.04.2025