Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Turkmaniston rahbarlari Maxtumquli haykali poyiga gullar qo‘ydi
Shavkat Mirziyoyev va Gurbanguli Berdimuhamedov Toshkentdagi Maxtumquli ko‘chasiga tashrif buyurdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.
Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan Toshkentning markaziy ko‘chalaridan biriga buyuk turkman shoirining nomi berilgan edi. Bu yerda so‘lim xiyobon barpo etilib, atrofi yanada obod qilindi. Ko‘cha boshida Maxtumquliga monument o‘rnatildi.
Davlat rahbarlari mazkur yodgorlik poyiga gullar qo‘ydi.


Shavkat Mirziyoyev monumentning mazmun-mohiyati, bu yerda amalga oshirilgan ishlar haqida so‘zlab berdi.
Yaxlit ansamblga aylangan bu maskan Gurbanguli Berdimuhamedovda katta taassurot qoldirdi. Turkman xalqi, adabiyoti va madaniyatiga ko‘rsatgan hurmati uchun Shavkat Mirziyoyevga minnatdorlik bildirdi.
Mavzuga oid
21:48 / 11.12.2025
Shavkat Mirziyoyev Ashxobodda Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashdi
21:56 / 23.09.2025
Turkmanistonda ish haqi va pensiyalarni oshirishdan voz kechish taklif etildi
12:39 / 26.08.2025
Samarqandda Iordaniya podshohini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi
22:39 / 25.08.2025