Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Iordaniya podshohi Samarqandda «Boqiy shahar» tarixiy-etnografik majmuasini tomosha qildi
Oliy martabali mehmonga O‘zbekistonning boy tarixiy va madaniy merosi namoyish etildi.
Iordaniya podshohi Abdulla II ibn Al-Husayn prezident Shavkat Mirziyoyev bilan birgalikda Samarqand xalqaro turizm markazidagi «Boqiy shahar» tarixiy-etnografik majmuasini borib ko‘rdi.
Oliy martabali mehmon xalqimizning boy madaniy merosi, hunarmandchilik va amaliy san’atini aks ettiruvchi ko‘rgazmalarni tomosha qildi. Raqs jamoalarining chiqishlari namoyish etildi.
Bu yerda xalq buyuk o‘tmishi ramzlari to‘plangan, tarixiy shaharlarimizdagi diqqatga sazovor joylarining nusxalari barpo etilgan. Milliy an’analarimiz bilan birga do‘st xalqlar bilan aloqalar tarixi ham aks ettirilgan. Ta’kidlanishicha, bunday ma’no-mazmun, tarix va bugungi kun uyg‘unligi mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.




O‘zbekiston-Iordaniya sammitining asosiy tadbirlari, shu jumladan oliy darajadagi muzokaralar 26 avgust kuni bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid
10:01 / 02.10.2025
Sardor Umrzoqov Iordaniya podshohi bilan uchrashdi
10:15 / 27.09.2025
O‘zbekiston va Iordaniya mis va uran qazib olish sohasida loyihalarni amalga oshirishga kelishib oldi
08:30 / 24.09.2025
O‘zbekiston prezidenti Iordaniya podshohi bilan uchrashdi
10:49 / 20.09.2025