Iqtisodiyot | 14:46 / 10.02.2026
15215
2 daqiqa o‘qiladi

Mahallalarda tadbirkorlikni boshlash uchun 50 mln so‘mgacha garovsiz mablag‘ ajratiladi

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida mahallalar kesimida bir qator yo‘nalishlarga garov ta’minotisiz ajratiladigan kreditlar limiti oshirildi, shuningdek kredit hisobiga tovar va xizmatlarni oldindan yetkazib berish talabi bekor qilindi.

Foto: Kun.uz 

Dastur doirasida:

  • mahallalarda tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish istagida bo‘lgan fuqarolarga (o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarga) garovsiz kreditlar miqdori 50 mln so‘mgacha oshiriladi;
  • chorvachilikka ixtisoslashgan mahallalarda import qilingan va sertifikatlangan naslli chorva mollari xaridi hamda tuyachilik uchun kredit miqdori 100 mln so‘mgacha oshiriladi;
  • turizm salohiyati yuqori bo‘lgan mahallalarda uy mehmonxonalarini tashkil qilish, shuningdek ixtisoslashuvi 50 foizdan yuqori mahallalarda mahsulotlarni saqlash va qayta ishlash uchun minitexnologiyalar sotib olishga 150 mln so‘mgacha garovsiz kredit ajratiladi;
  • ajratiladigan kreditlar hisobiga tovar va xizmatlarni oldindan yetkazib berish talabi bekor qilinadi.

Shuningdek, 2026 yil 1 martdan tijorat banklari tomonidan amalga oshirilayotgan “mahalla loyihasi” dasturi doirasida mahallalar ixtisoslashuvini chuqurlashtirish bo‘yicha ajratiladigan kreditlar foiz stavkasining bir qismiga quyidagicha kompensatsiya taqdim etiladi:

  • mahsulot yetishtirishga qaratilgan loyihalar bo‘yicha — foiz stavkasining 4 foizlik punkti;
  • qo‘shimcha qiymat yaratadigan qayta ishlash loyihalari bo‘yicha — foiz stavkasining 6 foizlik punkti.
Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid