08:12 / 14.01.2019
6551

Tramp Suriyadan AQSh qo‘shinlari olib chiqilishi boshlanganini e'lon qildi

Foto: REUTERS

AQSh prezidenti Donald Trampning tvitterda ma'lum qilishicha, Amerika tomoni Suriyadan qo‘shinlarni olib chiqishni boshladi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh bir vaqtning o‘zida Suriya Arab Respublikasida qolgan IShID terrorchilik guruhi jangarilari bilan kurash olib bormoqda.

Shuningdek, uning qo‘shimcha qilishicha, Suriya hududida IShID jangarilari juda kam miqdorda qolgan.

Avvalroq, AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo IShIDning yo‘q qilinishi mamlakat uchun Suriyada ustuvor vazifa bo‘lib qolishini aytgandi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avval CNN AQSh Suriyadan harbiy texnikani olib chiqishni boshlagani haqida xabar bergandi.

Top