O‘zbekiston | 18:36 / 13.03.2020
8539
2 daqiqa o‘qiladi

Maktabgacha ta'lim bo‘limlari guruhlarga ajratiladi, tizim xodimlariga maosh to‘lash takomillashadi - Hukumat qarori

1 apreldan boshlab tuman (shahar) maktabgacha ta'lim bo‘limlari ushbu hududdagi maktabgacha ta'lim tashkilotlari sonidan kelib chiqib guruhlarga ajratiladi va shu asosda maktabgacha ta'lim tizimi xodimlari mehnatiga haq to‘lash tartibi takomillashtiriladi

Foto: KUN.UZ

Vazirlar Mahkamasining “Davlat maktabgacha ta'lim tizimi xodimlari mehnatiga haq to‘lash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Hujjat maktabgacha ta'lim tizimi xodimlari mehnatiga haq to‘lash tartibini takomillashtirish, kelgusida maktabgacha ta'limni boshqarish samaradorligini yanada oshirish maqsadida qabul qilindi.

Maktabgacha ta'lim vazirligi, Moliya vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2020 yil 1 apreldan boshlab tuman (shahar) maktabgacha ta'lim bo‘limlarini ushbu hududdagi maktabgacha ta'lim tashkilotlari sonidan kelib chiqib, quyidagi guruhlarga ajratish va shu asosda maktabgacha ta'lim tizimi xodimlari mehnatiga haq to‘lash tartibini takomillashtirish to‘g‘risidagi taklifi ma'qullandi:

1-guruh - 41 va undan ortiq maktabgacha ta'lim tashkilotlari bo‘lganda;

2-guruh - 21-40 maktabgacha ta'lim tashkilotlari bo‘lganda;

3-guruh - 20tagacha maktabgacha ta'lim tashkilotlari bo‘lganda.

Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga ham o‘zgartirishlar kiritildi.

Maktabgacha ta'lim vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirishi belgilandi. 

Mavzuga oid