01:37 / 29.08.2018
15766

Ikki layner noma'lum samolyot sababli to‘qnashib ketishiga oz qoldi

Foto: Reuters

China Southern Airlines aviakompaniyasining ikki samolyoti uchuvchilari boshqa noma'lum samolyot bilan to‘qnashib ketmaslik uchun parvoz balandligini favqulodda pasaytirishga qaror qildi, deb xabar berdi «Interfaks».

«Ertalab soat 11:00 atrofida Xabarovsk o‘lkasi sohilida Yapon dengizidan 10 ming metr balandlikda noma'lum samolyot fuqaro aviatsiyasining havo trassasini bir necha marta buzdi. U yerdan berilgan so‘rovlarga hech qanday javob qaytarmadi», — dedi «Interfaks» manbasi.

Xabarda shuningdek, u razvedkachi samolyot bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda. Radiolokatsion signalga muvofiq, noma'lum samolyot NATO havo kemasi sifatida qayddan o‘tgan. Parvoz

Xabarovsk sohili bo‘ylab ehtimolga ko‘ra, razvedka maqsadlarida amalga oshirilgan, degan manba.

Top