Boeing korporatsiyasi 1916 yilda Sietl şahrida dastlab Pacific Aero Producs Company nomi bilan taşkil etilgan. Keyinçalik uning nomi Boeing deb özgartirilgan.

Bugun Boeing uçuvçi qurilmalar işlab çiqarişda dunyoning yetakçi korporatsiyasi hisoblanadi. 1916 yilda taşkil etilgan korporatsiya öz tarixida minglab turdagi uçuvçi qurilmalar işlab çiqargan.

Korporatsiya uçuvçi qurilmalardan taşqari turli kemalar, dvigatellar va kosmik qurilmalar va ularning uskunalarini işlab çiqarmoqda. Kompaniya korxonalarida 200 mingga yaqin xodim işlaydi.

Korporatsiyaning asosiy korxonalari Vaşington ştatidagi Sietl şahri yaqinida joylaşgan. (Aytgança, Sietl Toşkent bilan birodarlaşgan şahar hisoblanadi).

Kompaniya har yili buyurtmaçilarga örtaça 500-600 dona yölovçi samolyoti tayyorlab beradi. Ma’lumotlarga köra korporatsiya 2023 yilda buyurtmaçilarga 528 ta yölovçi samolyoti yetkazib bergan.

Sönggi yillarda korporatsiya uçun eng köp samolyotni 2017 yilda sotgandi. Öşa yili dunyodagi 71 ta buyurtmaçidan 912 ta buyurtma olgan va yil oxirigaça 763 ta samolyotni yetkazib bergan. Öşa paytda korporatsiya olgan buyurtmalarning umumiy soni 5 865 taga yetgan.

2017 yilda kompaniya BAAning Emirates aviakompaniyasi bilan 210 dona Boeing 787 Dreamliner samolyotlarini yetkazib beriş böyiça şartnoma imzolagan edi.

Agar korporatsiya tarixiga nazar taşlansa uning eng muvaffaqiyatli loyihalaridan biri Boeing 747 samolyoti bölgan. “Jumbo Jet” deb nomlangan bu samolyot 1970-yillarda bir neça ön ming dollarga baholangan bölsa, hozirgi kunda uning narxi 200-250 mln dollarga narxlanadi.

Boeing korporatsiyasining samolyot yiğuv korxonasi
Foto: gadzetomania.pl

Boeing 747 tarixi

Boeing korporatsiyasi keng fyuzelyajli samolyotlarni işlab çiqariş loyihasini işlab çiqişni ilk bor 1960-yillarda boşlagan. Öşa paytda korporatsiyaning eng maşhur va ommabop samolyoti Boeing 707 bölgan.

Boeing 707 törtta dvigatel yordamida uçsa ham samolyotning ölçami ança kiçik edi va uning turli rusumlariga 110 nafardan 202 nafargaça yölovçi siğardi. Ana şunday şaroitda korporatsiya keng fyuzelyajli va köproq yölovçi siğadigan samolyot tayyorlaşga qaror qiladi.