10:09 / 20.02.2019
14133

«Shaxsan o‘zim olib chiqqanman». Poroshenko Maydanda halok bo‘lganlar haqida

Foto: president.gov.ua

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenkoning ma'lum qilishicha, Maydan vaqtida halok bo‘lganlar jasadini shaxsan o‘zi olib chiqqan. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, u Ukrainada davlat to‘ntarishi yuz berishiga olib kelgan Maydan vaqtida «hodisalarning qoq markazida» bo‘lgan.

Shuningdek, uning qo‘shimcha qilishicha, norozilik namoyishi qatnashchilari unga «yordam so‘rab» doimiy ravishda murojaat qilishgan.

Shu bilan birga, jurnalist Tatyana Visotskaya Poroshenkoning bayonotini tanqid ostiga olgan.

Uning fikriga ko‘ra, Poroshenko «tarixni qayta yozishga» harakat qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Poroshenko Rossiyani SSSRning «ikkinchi versiyasi»ni yaratishga urinishda ayblagandi.

 

Top