Ukraina prezidenti Pyotr Poroşenko Rossiya tomonini «Ukraina davlatçiligini yöq qilib taşlaşga» urinişda aybladi. Bu haqda davlat rahbari saytida xabar berilgan.

Mavjud ma'lumotlarga köra, Poroşenko Yevropa Kengaşiga rahbarlik qilayotgan Donald Tusk bilan uçraşuv vaqtida şunday bayonot bergan.

«Kremlning maqsadi - Ukraina davlatçiligini yöq qiliş, sovet ittifoqining ikkinçi versiyasini yaratiş», - dedi Poroşenko.

Şuningdek, u Tuskka Ukraina tomonini qöllab-quvvatlayotgani uçun minnatdorçilik bildirdi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Ukraina taşqi işlar vaziri Pavel Klimkin «Rossiyani töxtatişga» çaqirgandi.