20:24 / 02.03.2019
8774

Huawei bosh direktori Samsung Galaxy Fold smartfonining asosiy kamchiligini aytdi

Foto: Samsung

Huawei bosh direktori Richard Yu Business Insider nashriga bergan intervyusida kompaniya Mate X buklama smartfoni uchun dizaynni qanday tanlaganini aytib berdi. Kompaniya tomonidan bir nechta variantlar ko‘rib chiqilgan bo‘lib, variantlardan biri ekrani ichkariga buklanadigan Samsung Galaxy Fold kabi bo‘lgan. Biroq bir sabab bilan bu variantdan voz kechilgan. 

Bunday smartfon o‘ta og‘ir bo‘lar, bu esa uni cho‘ntakda olib yurish uchun noqulaylik tug‘dirardi. Bosh direktor bu g‘oyani yomon deb atadi. Huawei Mate X Samsung Galaxy Fold’ga nisbatan yengilroq va yupqaroq bo‘ldi.

Aftidan, yaqin vaqt ichida buklama smartfonlarga nisbatan yangi tanqidlarni eshitishimiz mumkin. Avvalroq Motorola vakili ichkariga buklanadigan displey shilinib ketishini aytgandi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Galaxy Fold 2 ming dollar narx bilan sotuvga chiqishi xabar qilingandi.

Top