Samsung Galaxy Fold bukiluvchan displeyga ega smartfonni taqdim etdi. Buklama o‘rtada joylashtirilgan va qurilmani aylantirib, planshet ko‘rinishiga keltirish imkonini beradi.
Qurilmada 1536-2152 piksel kenglikka ega bo‘lgan 7,3-dyuymli ekran bor, uni 840-1960 piksel kenglikdagi 4,6 dyuymga tushirish mumkin. Bu holda, qurilma oddiy smartfonga o‘xshab ketadi va cho‘ntakka mos keladi.

Qurilma 6ta kamera bilan jihozlangan: orqa panelda uchta, ikkitasi ichki qismda, yana biri old tomonda. Asosiylari 12 va 16 MP kenglikda, uchta sensordan ikkitasi keng burchak ostida suratga tushiradi. Ikkita frontal kamera mos ravishda 8 hamda 10 megapiksel kenglikka ega, yana bir selfi-kamera 10 MP.da suratga oladi.

Galaxy Fold’da 7 nanometrli protsessor, 12 gigabayt operativ xotira va 512 gigabayt «tez» ichki xotiradan foydalaniladi. Smartfon ikkita batareya bilan jihozlangan, ular go‘yoki ajralib turadi, biroq tizim ichida 4380 mA•s.ga bitta batareya kabi birlashgan. Ochiq rejimda Galaxy Fold bir vaqtning o‘zida uchta ilova bilan ishlashga imkon beradi.

Galaxy Fold 26 aprel kuni sotuvga 2 ming dollarlik narx bilan chiqadi. Smartfon 5G va LTE-versiyalarda bo‘ladi hamda to‘rt rangda taqdim etiladi: «Kul rang kosmos», «Qora kosmos», «Marsiancha yashil» va «Yulduzli ko‘k».
Shuningdek, Samsung Galaxy S10 va S10 Plus yangi smartfonlarni taqdim etdi, ularning o‘ziga xos jihatiga selfi-kamera uchun «teshik»dagi «yol»ning almashtirilishi aylandi. Qurilmalar HDR’li AMOLED-ekranlar hamda kameralarning uch karra tizimiga ega bo‘ldi.
S10 va S10 Plus Quad HD+ kengligi hamda tomonlar nisbatan 19-9 bo‘lgan 6,1 va 6,4 dyuymga ega displeylar bilan jihozlangan. Smartfonga uchta orqa kamera kiritilgan: 77 darajalik ko‘rinishdagi 12 Mp, 45 darajalik ko‘rinishga ega telefoto-obektiv hamda 123 darajalik 16 Mp ko‘rinishli ultra-keng linza. Bundan tashqari, S10’ning old tomonida 10 Mp.lik selfi-kamera mavjud, S10 Plus’da esa chuqurlikni aniqlash uchun 8 megapikselli kamera bor.



















