21:03 / 10.05.2019
6328

«Anji» Premer-Ligani tark etdi

Rossiya Premer-Ligasida 28-turdan o‘rin olgan bir o‘yin yakunlandi.  

«Anji» klubi o‘z maydonida «Arsenal» bilan o‘ynadi va 0:1 hisobida yutqazdi. 

Natijada Maxachqal'a klubining chempionat yakunlanishiga 2 tur qolganida quyi ligaga tushib ketishi aniq bo‘ldi. Ayni paytda jamoa musobaqa jadvalida 20 ochko bilan 15-o‘rinni egallab turibdi.

Qayd qilish joizki, «Anji» o‘tgan mavsumda ham Premer-Ligani tark etgan, biroq, «Amkar» klubi moliyaviy muammolar tufayli tugatilganidan so‘ng, maxachqal'aliklar Premer-Ligaga qaytarilgan edi.

RPL, 28-tur
Anji – Arsenal Tula 0:1 (0:1, 0:0)
10 may, «Anji-Arena» stadioni
Gol: 0:1 – 34, penalti Bakayev. 
Anji – Dyupin, Udaliy, Belov, Chistyakov, Kaloshin, Gaydarov (Ivanchenko, 65), Zakirov, Ondua (Katsayev, 86), Dolgov, Ponse (Agalarov, 74), Ax'yadov.
Arsenal Tula – Nigmatullin, Xagush, Grigalava, Belyayev, Alvares, Gorbatenko, Kostadinov, Bakayev, Tkachev, Kangva (Mirzov, 62), Jorjyevich (Ojyegovich, 16).
Ogohlantirishlar: Kaloshin (60), Kostadinov (70), Ojyegovich (89), Ivanchenko (90).

Mavzuga oid
Top