Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
RPL. «Krilya Sovetov» Denisovning xatosi tufayli yutqazdi va boshqa natijalar
Rossiya chempionatida 22-turdan o‘rin olgan 2ta o‘yin yakunlandi.
«Krasnodar» o‘z maydonida «Krilya Sovetov» bilan bellashdi va 71-daqiqadan boshlab, bir futbolchi kam bo‘lib o‘ynasa-da, kichik hisobda g‘alaba qozonishga muvaffaq bo‘ldi. O‘yinning so‘nggi daqiqasida hamyurtimiz Vitaliy Denisov raqib futbolchisini o‘z jarima maydonida yiqitdi. Natijada, Klasson belgilangan penaltini aniq amalga oshirib, jamoasiga g‘alaba keltirdi.
Bu natijadan so‘ng, «Krasnodar» 41 ochko bilan 2-o‘rinda, «Krilya Sovetov» esa 24 ochko bilan 11-o‘rinda bormoqda.
«Anji» Maxachqal'ada «Dinamo»ni qabul qilib, 1:1 hisobida durang o‘ynadi.
RPL, 22-tur
6 aprel
Anji – Dinamo 1:1 (1:0, 0:1)
Gollar: 1:0 – 16 Ponse, 1:1 – 73 Shunich.
Anji – Dyupin, Udaliy, Kaloshin, Gapon, Gigolayev, Ivanchenko (Zakirov, 57), Kulik, Ondua, Ax'yadov, Katsayev (Markelov, 66), Ponse (Dolgov, 87).
Dinamo – Shunin, Kozlov, Shunich, Yevgenev, Morozov (Raush, 54), Tette, Panchenko, Yusupov, Joaozino (Grulev, 46), Migel Kardozu (Lipovoy, 63), Lutsenko.
Ogohlantirishlar: Tette (10), Morozov (35), Ax'yadov (90), Katsayev (90).
Chetlatish: Tette (90).
Krasnodar – Krilya Sovetov 1:0 (0:0, 1:0)
Gol: 1:0 – 90, penalti Klasson.
Krasnodar – Safonov, Petrov, Spayich, Martinovich, Skopinsev, Pereyra (Stotskiy, 73), Gazinskiy, Vanderson, Kabore, Klasson, Ignatev (Suleymanov, 67).
Krilya Sovetov – Rijikov, Vitaliy Denisov, Poluyaxtov, Samardjich, Burlak, Rabiu (Anton, 58), Ananidze, Zinkovskiy, Timofeyev, Kanunnikov (Sheydayev, 87), Samedov.
Ogohlantirishlar: Timofeyev (5), Samardjich (30), Martinovich (52), Petrov (63), Poluyaxtov (63), Denisov (90).
Chetlatish: Petrov (71).
Mavzuga oid
20:26 / 20.06.2026
«Shunchaki yashash jonimga tegdi». Krasnodarda 19 yoshli talaba odamlarga pichoq bilan hujum qildi
15:18 / 15.06.2026
Kuchli yog‘ingarchilik tufayli Rossiya hududlarini suv bosdi – fotolar
11:02 / 28.02.2026
Ukraina dronlari hujumidan keyin Krasnodar o‘lkasida NQZ yonib ketdi
10:25 / 14.11.2025