Nizolarni hal qiliş böyiça FIFA palatasi «Bunyodkor»ning «Anji» klubi ustidan bergan şikoyatini qanoatlantirmadi.

Bu haqda Rossiya klubining manfaatini himoya qiluvçi SILA huquqiy agentligi xabar berdi.

Gap şundaki, 2018 yil boşida «Bunyodkor» yarimhimoyaçisi Doston Hamdamov «Anji»ga ötgan edi. Biroq, Maxaçqal'a klubi uning transferi uçun pul tölamadi. Natijada «Bunyodkor» «Anji» ustidan FIFA Nizolarni hal qiliş palatasiga arz qildi.

«Bunyodkor» klubi da'vosiga köra, «Anji» Hamdamovning şartnomasida körsatilgan 300 ming yevro miqdoridagi tovon pulini tölaşi şart edi. 

Ammo FIFA taşkiloti ötkazgan suriştiruvda «Bunyodkor» klubining Doston Hamdamov bilan imzolagan şartnoma şartlarini buzgani, bundan taşqari, futbolçidan qarzi borligi aniqlangan. Natijada, Hamdamovning erkin agent maqomida «Anji»ga bepul ötgani qoidaga zid emas deb topilgan va «Bunyodkor» da'vosi rad qilingan.

Eslatib ötamiz, Doston Hamdamov 2018 yil davomida «Anji» tarkibida atigi 11ta öyinda maydonga tuşdi. 2019 yilda esa «Paxtakor» bilan şartnoma imzoladi.