Sport | 07:16 / 02.03.2017
10432
3 daqiqa o‘qiladi

La-liga. «Barselona» yana peshqadam bo‘lib oldi

Ispaniya chempionatining 25-turidan o‘rin olgan ikki uchrashuv yakunlandi. Ikkala uchrashuvda ham yirik hisobdagi natijalar qayd qilindi.

«Barselona» «Kamp Nou»da «Sporting» Xixonni qabul qilib, raqib darvozasiga oltita gol kiritdi. Lionel Messi, Luis Suares, Pako Alkaser, Neymar, Ivan Rakitich va yana bir avtogol evaziga Luis Enrike shogirdlari muhim g‘alabalardan birini qo‘lga kiritdi.

Ushbu g‘alabadan keyin «Barselona» hisobidagi ochkolar soni 57taga yetdi va jamoa «Real»dan ikkita ko‘p uchrashuv o‘tkazgan holda turnir jadvali peshqadamiga aylanib oldi.  «Sporting» esa 17 ochko bilan 18-pog‘onada qolmoqda.

Yana bir uchrashuvda «Vilyarreal» «Osasuna» mehmoni bo‘lib 4:1 hisobidagi g‘alaba bilan qaytdi. 

Ispaniya La-ligasi, 25-tur

Barselona – Sporting Xixon 6:1 (3:1)

Gollar: Messi (9),  Xuan Rodriges (11, avtogol), Luis Suares (27), Pako Alkaser (49), Neymar (65), Rakitich (87) – Kastro (21).
Barselona: ter Shtegen, Umtiti, Alba, Buskets, Maskerano, Rakitich, Rafinya (Serdji Roberto, 74), Denis Suares, Neymar, Messi, (Andre Gomesh, 61), Luis Suares (Pako Alkaser, 46).
Sporting Xixon: Kuelyar, Xuan Rodriges, Baben, Elderson, Duglas Pereyra (Rodriges, 46), Kases, Alvares (Mikel Vesga, 76), Burgi (Lopes, 59), Xavi Torres, Kastelyano, Kastro.
Ogohlantirishlar: Burgi (24), Kastro (45), Neymar (45), Xuan Rodriges (55).

Osasuna – Vilyarreal 1:4 (0:2)

Gollar: Torres (64, penalti) – Soriano (2), Soldado (27, penalti), Borre (74, 78).
Osasuna: Sirigu, Vuyadinovich, Garsiya, Klerk (Bunyuel, 76), Imanol Garsiya (Olavide, 60), Sanxurxo, Berenger, Torres, Chaushich, Leon, Riyera (Kodro, 79).
Vilyarreal: Fernandes, Alvaro Gonsales, Kosta (Ruis, 66), Musakko, Rukavina, Soriano, Trigeros, Dos Santos, Rodri Ernandes, Soldado (Borre, 68), Bakambu (Kastilexo, 84).
Ogohlantirishlar: Berenger (25), Soldado (26), Rukavina (36), Soriano (72), Torres (77), Leon (78).

Video thumbnail
{Yii::t(}
O'tkazib yuborish 6s

Mavzuga oid