«Barsa»da mağlubiyat, van Persining öğlidan şedevr gollar
|19:07 / 19.01.202612 50414 min
APLda «Arsenal» ketma-ket ikki öyinda yutmasdan ham ilgarilab ketmoqda, Ispaniyada «Real» va «Barselona» örtasidagi farq 1 oçkogaça qisqardi. Yakşanba oqşomida Yevropa futbolida röy bergan asosiy voqealar, öyinlardagi gollar va turnir jadvallaridagi vaziyat.
Foto: Juan Manuel Serrano Arce/Getty ImagesFoto: Juan Manuel Serrano Arce/Getty Images
Turnir jadvalining birinçi yarmiga qaytib olgan «Nyukasl» yevrokuboklar uçun kuraşni davom ettirmoqda. Ammo bu safargi raqib inqirozdan çiqib olgan va qatorasiga tört öyinni yutqazmagan «Vulverhempton» böldi.
Mehmonlar birinçi bölimda töpga egalik qilgan bölsa-da, deyarli golli vaziyatlarga ega bölmadi: uzatmalar aniqligi 94 foiz bölgani holda birorta zarba raqib darvozasi tomon töğri bormadi.
Eddi Hau ikkinçi bölimda birdaniga uçtalik almaştiriş qildi: 20 dekabrdan buyon gol ura olmayotgan Voltemade, şuningdek, hujumdagi ikki muhim ijroçi – Gordon va Tonali maydondan olindi. «Nyukasl» öyin oxirida jokerlar hisobiga bosimni kuçaytirişdi, bir neça vaziyatda «börilar» darvozaboni Saga ham iş topildi, ammo hisob oçilmay qoldi. «Nyukasl» ğalaba qozonib, «Çelsi»ni quvib ötişi va oçkolar soni böyiça «MYu» bilan tenglaşib olişi mumkin edi, ammo bu imkoniyatdan foydalana olmadi va sakkizinçi örinda qoldi. Şu bilan birga, törtinçi örin bilan farq atigi uç oçkoni taşkil etmoqda.
Unai Emeri Makginn jarohat olişi tufayli öyinning dastlabki qismidayoq özgariş qilişga majbur böldi. Oqsoqlangança maydonni tark etgan sardor örnini şu kunlarda Afrika kubogidan qaytib kelgan forvard Gessan egalladi.
Mavzuga oid
Mezbonlarda öyinni qaytadan quriş juda oğir keçdi va «Aston Villa» mehmonlarning goli bekor qilinganidan keyingina taşabbusni öz qöliga ola boşladi. Bir neça daqiqa içida Pikford va unga yordamga kelgan himoyaçi Rodjyers navbatdagi golini urişiga tösqinlik qilişdi, Gessanning boşda yöllagan zarbasi esa darvoza tösiniga bordi.
Ikkinçi bölimda esa birminghemliklar himoyasi pand berdi: Pikfordning uzun uzatmasidan keyin Pau Torres töpni qaytarişda xatoga yöl qöydi va Maknil aylanma zarba yölladi. Emiliano Martines uning zarbasini tösdi, ammo qaytgan töpga birinçi bölib yetib kelgan Barri hisobni oçdi.
Bungaça «Villa Park»da qatorasiga tört öyinda yutqazgan «Everton» ğalabali hisobni uşlab qoldi. Buning uçun Pikford Rodjyersning zarbasidan keyin darvoza tösini ostidan kirayotgan töpni qaytarişiga töğri keldi. Bu orqali u amalda «Villa»ni çempionlik poygasida qolişdan mahrum etdi. «Arsenal» bilan oradagi farq yetti oçkoga yetdi va Unai Emeri endi kuçli törtlikda qoliş haqida qayğurişi kerak böladi.
Birinçi bölimda «Atletiko» «Alaves» mudofaasini yorib ötişga behuda urindi, ammo tanaffusdan keyinoq kerakli retsept topildi. Juliano Simeone barça qanotdan uzatma berişini kutib turganida yerlatib bergan pasi bilan Barriosni oldinga boşladi, uning uzatmasini esa Syorlot boş bilan golga aylantirdi.
Norvegiyalik hujumçi bu mavsumdagi gollarining barçasini startda tuşgan öyinlarida urmoqda. Holbuki u ötgan mavsumda zaxiradan tuşib urgan gollari soni böyiça (12) La Liga rekordini örnatgandi.
Lekin eng muhimi – jamoa ğalabasi. «Atletiko»ning yakşanba kungi muvaffaqiyati yanada işonçli körinişda bölişi mumkin edi, ammo Aleksa Baenaning zarbasini darvoza ustuni tösib qoldi. Öyin oxirida esa madridliklarning omadi kelib, darvoza daxlsizligi saqlanib qoldi.
«Matrasçilar» Çempionlar ligasiga yöllanma beruvçi kuçli törtlikdagi örnini mustahkamladi. Beşinçi örindagi «Espanyol» bilan oradagi farq yetti oçkoga yetdi, bitta zaxira öyini bor bölgan «Vilyarreal» esa faqat qöşimça körsatkiçlar hisobiga Simeone jamoasinidan oldinda joylaşgan.
«Real Sosiyedad» boş murabbiy almaşganidan keyin har qanday jamoa uçun kuçli raqibga aylandi. Basklar yakkakuraşlarda keskin, tajovuzkor harakat qilmoqda va öyin oxirigaça kuraşmoqda. Jamoa Pellegrino Mataratsso boşqaruvga kelganidan keyin «Atletiko»dan oçko tortib oldi (1:1), «Xetafe» bilan öyinga qöşib berilgan oltinçi daqiqada ğalaba golini urib ketdi, keyin esa kubok doirasida «Osasuna»ga qarşi öyinning qöşimça daqiqalarida hisobni tenglaştirib, penaltilar seriyasida ğolib çiqdi. Umuman olganda, uşbu jamoa «Barselona»ga qarşi öyinga yaxşi kayfiyatda yetib kelgandi.
Kataloniyaliklar esa bu öyinda asosiy yetakçisi Rafinyaning xizmatlaridan foydalana olişmasdi: braziliyalik futbolçida jarohat yöq, ammo Hansi Flik uni asraşga qaror qildi. Boş murabbiy yozda «PSJ»ga ötişi aniq bölgan Dro Fernandesni ham qaydnomadan taşqarida qoldirdi. U bu orqali La Masiya tarbiyalanuvçilariga jiddiy signal yubordi: «Ular bor e’tiborini jamoaga qaratişi kerak. Men futbolçilarda bu klub ranglarini himoya qiliş istagini körişni istayman. Ikkilanadiganlar bizga kerak emas».
Mezbonlar Ispaniya Superkubogi ğolibligi şarafiga «Barselona» uçun çempionlik yölagi taşkil etişdi. Ammo öyin boşlanganidan keyin mehmonnavozlik unutildi va 25-soniyadayoq Garsiya qöriqlayotgan darvozani işğol etişdi. Gol yaqqol «öyindan taşqari» holat tufayli bekor qilindi. Keyin esa «Barselona» hisobni oçişiga ofsayd holati xalaqit qildi. Avvaliga 7-daqiqada Fermin Lopesning goli Dani Olmoning Kuboga foli tufayli inobatga olinmadi, keyin Yamalning goli bekor qilindi (VAR vaziyatni ikki daqiqadan ortiq vaqt davomida tekşirdi, çunki töp Laminga kimdan kelganini aniqlaş oson emasdi), keyin esa ofsayd holati tufayli «Barsa» foydasiga penalti berilmay qoldi.
«Real Sosiyedad»ning birinçi bölimda urgan goli esa hisobga olindi. Oyarsabal Gonsalu Gedeşning uzatmasidan keyin töpni töxtatmasdan darvoza töriga joyladi. Bu vaziyatda uning boşqa jamoadoşi ofsaydda edi va Kundeni çalğitgandi. Ammo arbitrlar buni passiv ofsayd holati deb topişdi.
Ikkinçi bölimda esa «Sosiyedad» darvozaboni Remiro özining eng yaxşi öyinlaridan birini ötkazdi va bir neça bor qutqardi. 70-daqiqada Reşford baribir hisobni tenglaştirdi, ammo mezbonlar darhol ikkinçi gol bilan javob berişdi. Bu vaziyatda Joan Garsiya u qadar xavfli bölmagan zarbani qaytarişda işonçsiz harakat qildi va raqib hujumi davom etdi, bu hujumni Gedeş qaytarib bölmas zarba bilan yakunladi.
Öyin oxirida ikki jamoada ham gol uriş uçun imkoniyatlar böldi, avvaliga Kubarsi töpni çiziq ustida qaytarib qoldi, keyin Kundening zarbasi tösinga tegdi. Sönggi daqiqalarda Soler qizil kartoçka olib jamoasini qiyin ahvolga tuşirib qöydi, ammo basklar oxirigaça kuraşib, ğalabani va çempionatdagi intrigani saqlab qolişdi. Endi «Barselona» va «Real» örtasidagi farq atigi bir oçkoni taşkil etmoqda.
«Roma» bir kun oldin «Kalyari»ga sensatsion ravişda yutqazgan «Yuventus»dan sovğa olgandi. Şu kunlarda «Aston Villa»dan transfer qilingan Donni Malen esa bu imkoniyatdan foydalaniş va turinliklardan uç oçkoga özib ketişda yordam berdi.
Niderlandiyalik hujumçi rimliklar safidagi ilk öyinini yaqin burçakka xavfli zarba yöllaş bilan boşladi. Keyin esa uning goli mikroskopik ofsayd holati tufayli bekor qilindi. Ammo u faol harakatdan töxtamadi va bölim örtalaridan ötganida Dibalaning uzatmasini golga aylantirdi.
Jan Piyero Gasperini şogirdlarini ötgan haftada Italiya kubogidagi mağlubiyat uçun öç olişga ruhlantirgani körinib turdi. «Torino» öşanda Rim jamoasini uçta gol bilan karaxt holatiga tuşirgan, bu gollardan uçinçisi arbitr tomonidan qöşib berilgan daqiqalarda urilgandi (2:3).
Aftidan, anorranglilar öşanda omad limitini tugatib bölgandi va ikkinçi bölimda Dibalaning golidan keyin bu öyinni qutqarişning imkoni qolmadi. Endi uşbu argentinalik hujumçi A Seriyada sönggi yigirma yil içida gol+pas böyiça 200 (131+69) dovonni zabt etgan ilk legionerga aylandi.
«Milan» – A Seriyada intriga saqlanib qolişini ta’minlamoqda. «Inter»ni ta’qib etayotgan rossonerilar hafta içida ikkinçi bor öz öyinini hamşaharlaridan keyin ötkazdi va jamoaning xato qilişga huquqi yöq edi. Bu bir tomondan ruhiy bosim. Boşqa tomondan esa maksimal iştiyoq va e’tiborni jamlagan holda öynaşga imkon beradi. Bu payşanba oqşomida mavsum kaşfiyoti «Komo» ustidan işonçli ğalabaga (3:1) erişişda yordam bergandi.
Qatorasiga ikki durangdan keyin Massimiliano Allegrida skudetto uçun kuraşda qolişning boşqa varianti ham qolmagandi. Ammo turnir jadvalining quyi qismida kelayotgan «Leççe»ga qarşi öyin öta oğir keçdi. Barçasini zaxira imkoniyatlari hal qildi: Salemakersning uzatmasidan keyin jamoaga qişki transferlar doirasida «Vest Hem»dan kelib qöşilgan Fyullkrug ğalaba golini urdi.
Endi «Inter» bilan oradagi farq uç oçkogaça qisqardi. Keyingi turda «Milan» «Roma» maydoniga safar qiladi.
Rotterdam derbisi muxlislar uçun ajoyib syujyet taqdim etdi. Hisob 0:2 körinişiga kelgaç, «Feyyenoord» boş murabbiyi Robin van Persi maydonga özining 19 yoşli öğli Şakilni tuşirdi. Yoş forvard bungaça asosiy jamoada Eredivizya, Yevropa Ligasi va Niderlandiya kubogida jami uçta öyinda zaxiradan tuşirilib, 21 daqiqa öynagandi. Bu safar ança köproq vaqtga ega bölgan hujumçi bu imkoniyatdan foydalandi va barçaning e’tiborini öziga qaratdi. Kiçik van Persi ikki daqiqa içida avvaliga tovonida yöllagan zarbasi bilan hisobni qisqartirdi, keyin esa qayçi uslubidagi zarba bilan muvozanatni tikladi.
Bu gollardan keyin «De Kayp» stadionida yiğilgan muxlislar aqldan ozay dedi, ammo baribir öyin bayramga aylanmadi. Qöşimça daqiqalarda «Sparta» törtinçi golni urib, ğalabani ilib ketdi, «Feyyenoord» esa turnir jadvalida ikkinçi örinda qoldi.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi