O‘zbekiston | 11:36 / 18.12.2017
15374
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh O‘zbekistonga JSTga a'zo bo‘lishda yordam beradi 

Foto: Uzdaily

Joriy yilning 14 dekabr kuni Tashqi savdo vazirligida Markaziy Osiyo va Janubiy Osiyo bo‘yicha savdo vakili yordamchisi Mark Linskott boshchiligidagi AQSh delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Amerika tomoni 2017 yilning 12 dekabr kuni Olmaota shahrida bo‘lib o‘tgan Markaziy Osiyo va AQSh davlatlari o‘rtasida savdo va investitsiya bo‘yicha kelishuv Kengashi doirasidagi yig‘ilishga (TIFA) yuqori baho berdi.

Shuningdek, uchrashuv chog‘ida tomonlar O‘zbekiston Respublikasining Jahon savdo tashkilotiga kirishiga oid masalalarni muhokama qildilar. Bundan tashqari, O‘zbekiston AQShning tarif preferensiyasi umum tizimi va intellektual mulkni huquqiy himoyalash bo‘yicha a'zoligiga tegishli masalalarni atroflicha ko‘rib chiqdilar.

O‘zbekiston Respublikasining JSTga a'zo bo‘lish jarayoniga texnik yordam ko‘rsatish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi. Ushbu masalalarni amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi xodimlari va AQShning savdo vakolatxonasi ofisi bilan doimiy aloqa o‘rnatilishiga kelishib olindi.

Mavzuga oid