11:19 / 26.03.2021
39060

Diplomlari to‘g‘ridan to‘g‘ri tan olinadigan xorijiy OTMlarning 2021 yil uchun ro‘yxati tasdiqlandi

Xalqaro reyting tashkilotlari tomonidan e'lon qilingan, birinchi 1000talik ro‘yxatga kiritilgan xorijiy OTMlarning diplomlari to‘g‘ridan to‘g‘ri (maxsus sinovlarsiz) tan olinadi. Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi 2021 yil uchun tasdiqlangan ro‘yxatni e'lon qildi.

Inspeksiya ma'lumotiga ko‘ra, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi bilan 2021 yil 24 martdagi qo‘shma qaror asosida 2021 yil uchun yangi ro‘yxat tasdiqlangan.

Shunga asosan, xalqaro tan olingan Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Nigher Education, Academic Ranking of World Universities tashkilotlari tomonidan e'lon qilingan universitetlar reytingida birinchi 1000talikka kirgan oliy ta'lim muassasalari diplomlari O‘zbekistonda to‘g‘ridan to‘g‘ri tan olinadi.

Ro‘yxat bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 24 iyundagi “Xorijiy davlatlarda ta'lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish tartibini takomillashtirish haqida”gi 620-son qaroriga muvofiq, reytingda birinchi 1000talik ro‘yxatdan joy olgan xorijiy oliy ta'lim muassasalarida olingan diplomlar to‘g‘ridan to‘g‘ri tan olinadi.

Top