08:19 / 04.05.2018
25356

Dmitriy Medvedev O‘zbekiston bosh vazirini qutladi 

Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev Ozarboyjon, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Moldova, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston, Abxaziya va Janubiy Osetiya hukumati rahbarlarini Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 73 yilligi munosabati bilan tabrikladi. Bu haqda Rossiya hukumati matbuot xizmati xabar tarqatdi.

Maktublarda mamlakatlar fuqarolarini birlashtirib turuvchi Ikkinchi jahon urushi haqida gap boradi. Ta'kidlanishicha, Ikkinchi jahon urushi paytidagi askarlarning jasorati va qahramonligini, front ortidagilarning fidoyiligi kelajak avlodlarning qalbida abadiy qoladi.

Rossiya Federatsiyasi hukumati raisi urush davridagi og‘ir sinovlarda yuzaga kelgan mustahkam do‘stlik an'analari davlatlararo munosabatlarning ishonchli asosi bo‘lib xizmat qilishiga ishonch bildirdi.

Dmitriy Medvedev o‘z hamkasblaridan urush qatnashchilari va front ortida xizmat ko‘rsatgan insonlarga o‘zining ehtiromini yetkazib qo‘yishni iltimos qilgan.

Top