Medvedev yana Ukrainada yadro qurolidan foydalanish bilan tahdid qildi
Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi o‘rinbosari Kiyevni Rossiyadagi uchirish moslamalarini uzoq masofali raketalardan o‘qqa tutish borasida ogohlantirdi. Medvedevning ta’kidlashicha, bu Rossiyaning yadro qurolidan foydalanishiga olib kelishi mumkin.

Foto: RIA Novosti
Ukraina hududiga uyushtirilgan qator yirik raketa hujumlaridan so‘ng, 11 yanvar, payshanba kuni Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik kengashi kotibi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev yana Kiyevga yadro qurolidan foydalanish bilan tahdid qildi.
«So‘nggi paytlarda Rossiya Federatsiyasi qurolli kuchlari tomonidan Ukrainadagi dushman harbiy obektlariga berilgan bir qator intensiv va samarali zarbalar harbiy-sanoat majmuamizning 2023 yil davomida muvaffaqiyatli va samarali ishlaganini tasdiqlaydi. Bundan tashqari, ma’lumki, har xil turdagi tashuvchilardan foydalanildi. Hozircha yadrodan boshqa», — deya Medvedevning Rossiya Federatsiyasi Harbiy-sanoat komissiyasining talab qilinadigan qurollar ishlab chiqarishni nazorat qilish bo‘yicha ishchi guruhi yig‘ilishidagi so‘zlarini keltiradi «Interfaks».
Keyinroq Rossiya sobiq prezidenti o‘zining Telegram-kanalida Kiyevni g‘arbning uzoq masofali raketalari bilan Rossiya hududidagi raketa uchiruvchi qurilmalarni o‘qqa tutish bo‘yicha ogohlantirdi. «Bu o‘zini himoya qilish huquqi emas, balki bunday davlatga qarshi yadro qurolidan foydalanishimiz uchun to‘g‘ridan to‘g‘ri va aniq asosdir», deb yozgan u.
Avvalroq Ukraina Havo kuchlari qo‘mondoni Yuriy Ignat o‘z mamlakatida Rossiyaning minglab S-300 raketalarini tutib olish uchun resurslar yo‘qligini, shuning uchun, uning so‘zlariga ko‘ra, bunday raketalarning uchirish moslamalarini aniq qurollar yordamida foydalanishdan chiqarish samaraliroq ekanini aytgan edi. Rossiya muntazam ravishda Ukrainani S-300 raketalaridan o‘qqa tutmoqda. Ushbu hujumlarning qurbonlari ko‘pincha tinch aholi bo‘lyapti.
Medvedevning tahdidlari ortida nima bor?
Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi boshlanganidan beri Dmitriy Medvedev bir necha bor yadro qurolidan foydalanish bilan tahdid qilgan. Shu bilan birga, Moskva hozirda haqiqatan ham bunday imkoniyatni ko‘rib chiqayotgani haqida aniq belgilar yo‘q, deb ta’kidlaydi dpa agentligi.
Reuters, o‘z navbatida, ko‘plab ekspertlar Vladimir Putinning ushbu ishonchli vakili bayonotlarini Rossiya Federatsiyasi prezidenti ma’muriyati rahbariyatidagi kayfiyat ko‘rsatkichi sifatida baholashini yozadi.
Tavsiya etamiz
Xitoylik tadqiqotchilar Osiyoda yangi zilzilalar kuzatilishidan ogohlantirdi
Jahon | 21:46 / 06.04.2025
Kam ta’minlangan oilalarga elektr va gaz bo‘yicha kompensatsiya beriladi
O‘zbekiston | 14:32 / 06.04.2025
100 ming dollarlik “o‘yin”: Marg‘ilondagi bir jinoyat tafsiloti
Jamiyat | 17:21 / 05.04.2025
Markaziy bank kartadan pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan yangi talabga izoh berdi
Iqtisodiyot | 17:09 / 05.04.2025
Mavzuga oid

10:47 / 07.04.2025
Prezident yana bir bor Ukraina, Yaqin Sharq va Afg‘oniston masalasiga e’tibor qaratdi

08:40 / 07.04.2025
Zelenskiy: Hujumlar ko‘payganini hisobga olsak, Rossiyaga bosim yetarli emas

17:59 / 06.04.2025
Kiyev raketalar hujumiga uchradi

08:51 / 06.04.2025