Ilya Dmitriyeviç Medvedev ismli, tuğilgan sanasi Rossiya sobiq prezidenti Dmitriy Medvedevning yagona öğli tuğilgan kuniga töliq töğri keladigan şaxs Yevropa Ittifoqining 12-sanksiyalar paketida közda tutilgan çeklovlar ostida qoladi. Bu haqda Britaniyaning The Guardian gazetasi 16 noyabr, payşanba kuni xabar berdi. Qayd etilişiça, Ilya Medvedevga «Ukrainada dezinformatsiya va taşviqot kampaniyasiga rahbarlik qilgani» uçun sanksiya joriy etilyapti.

Bundan taşqari, 47 kişi kiritilgan sanksiya röyxatida Kemerovo viloyati gubernatorining rafiqasi va Ukrainada jang qilayotgan rossiyaliklarga yordam körsatuvçi «Zaşçitniki Oteçestva» jamğarmasi rahbari Anna Tsivilyova ham bor. «Agenstvo» suriştiruv naşrining yozişiça, Tsivilyova Rossiya prezidentining qarindoşi hisoblanadi, çunki uning otasi Rossiya davlati rahbarining amakivaççasidir.

«Qarindoşlar yoki yuqori martabali amaldorlar, jumladan, rahbariyat vakillarining oilasi ham Yevropa Ittifoqi sanksiyalar röyxatiga kiritilişi Kremlni ğazablantiradi», deb taxmin qilmoqda britaniyalik jurnalistlar.

Yevropa Ittifoqining Rossiyaga qarşi sanksiyalari 12-töplami

15 noyabr kuni Yevropa diplomatiyasi rahbari Jozep Borrel Yevrokomissiya bilan birgalikda Yevropa Ittifoqi kengaşiga Rossiyaning Ukrainada harbiy harakatlar boşlaşi munosabati bilan qabul qilinadigan yangi sanksiyalar paketi loyihasini taqdim etdi.

12-paket doirasida Borrel Yevropa komissiyasi bilan birgalikda 120 dan ortiq jismoniy va yuridik şaxslarni «Ukraina suvereniteti va hududiy yaxlitligini buzişdagi roli uçun» sanksiya röyxatiga kiritişni taklif qilmoqda. Gap, boşqa narsalar qatorida, Rossiya harbiy, mudofaa va IT-sektorlari vakillari, şuningdek, «boşqa muhim iqtisodiy operatorlar» haqida bormoqda. 

The Guardian naşrining yozişiça, sanksiya takliflari Rossiyaning tijorat daromadlaridan foydalanişni çeklaşga qaratilgan çora-tadbirlardan iborat. Xususan, gap Yevropa Ittifoqida Sibir konlaridan qazib olingan olmos va qimmatbaho toşlar bölgan zargarlik buyumlarini sotişni töliq taqiqlaş haqida ketyapti. YeI ma’lumotlariga köra, bu Rossiya daromadlarini yiliga 4,5 milliard yevroga kamaytirişi mumkin.

Avvalroq Bloomberg Yevropa Ittifoqidan olingan hujjatlarga tayanib, Yevropa Ittifoqi sanksiyalarning 12-paketi doirasida Rossiya Ukrainada qöllangan qurollarni işlab çiqarişda foydalanadigan stanoklar va butlovçi qismlarni Rossiyaga eksport qilişni taqiqlamoqçi ekanini xabar qilgan edi. Bundan taşqari, Yevropa Ittifoqi Rossiyaga kimyoviy moddalar, litiyli batareyalar, termostatlar, servodvigatellar va dronlar uçun dvigatellar olib kirişni taqiqlaşni taklif etmoqda. 

Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar vakillari 17 noyabrda yangi paket böyiça kelişiş jarayonini boşlaydi. U yil oxirigaça qabul qilinişi kutilmoqda.