22:05 / 06.08.2020
27918

OTMlarda yangi o‘quv yili masofaviy tarzda boshlanadi

1-kurs talabalari uchun darslarni oktyabrdan boshlash rejalashtirilgan.

Sentabr oyidan boshlab yuqori bosqich (ikkinchi bosqichdan boshlab) talabalari uchun o‘qish onlayn tarzda boshlanadi. Bu haqda Respublika oliy ta'lim kengashi raisi O‘ktam Umurzoqovga asoslanib, O‘zA xabar tarqatdi.

«Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik masalasi ham juda murakkab bo‘lib turibdi. Mart oyidan buyon biz onlayn tizimida darslarni o‘tkazyapmiz, lekin xohlaymizmi-xohlamaymizmi, onlayn tizimi odatiy, yuzma-yuz dars o‘tish tizimining o‘rnini bosa olmaydi.

Hozircha sentabr oyidan boshlab 2, 3 va 4-kurs talabalariga o‘qishni onlayn tarzda boshlaymiz, oktabr oyida 1-kurslarni ham qabul qilib olganimizdan keyin pandemiya sal yumshasa, unda balki an'anaviy tizimga yana qaytarmiz, – dedi O‘ktam Umurzoqov.

Eslatib o‘tamiz, OTMlarga kirish imtihonlari qachondan boshlanishi hozircha noma'lum. 6 avgust kuni prezident huzuridagi yig‘ilishda mas'ul vazirlik va idoralarga yuqori kurs talabalari yangi o‘quv yilini sentyabrdan masofaviy shaklda boshlashlari uchun tegishli chora-tadbirlarni ko‘rish bo‘yicha topshiriq berilgan.

Shuningdek, koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida imtihonlar ochiq stadionlarda, kuniga ikki smenadan tashkil etiladi. Testlarni 12-14 kunda yakunlash mo‘ljallanmoqda.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top