Bilim va malakalarni baholaş agentligi boşqarma boşliği Abduvohob Hayitov sözlariga köra, 14 ta oliy ta’lim muassasasida masofaviy ta’lim şakli joriy etiladi.
Ta’kidlanişiça, qabul jarayonlarida 6834 nafar (birinçi ta’lim yönalişiga nisbatan) abituriyent masofaviy ta’lim şaklida öqiş istagini bildirgan.
Mulozim masofaviy ta’lim şakli joriy etiladigan oliy ta’lim muassasalari haqida ma’lumot bermadi.
Qayd qilinişiça, 2023 yilda 545616 nafar abituriyent kunduzgi, 22867 nafari keçki, 373169 nafari sirtqi ta’lim şakli uçun röyxatdan ötgan.

















