Masofaviy ta’lim orqali oliy ta’lim taşkilotlarida bakalavriat va magistratura bosqiçlarida kadrlarni tayyorlaşni taşkil etiş tartibi belgilandi.

Buning uçun ta’lim taşkilotida quyidagilar bölişi talab etiladi: masofaviy ta’limni boşqariş uçun Learning Management System platformasi; internetga ulaniş va foydalaniş uçun axborot-kommunikatsiya infratuzilmasi; öquv yili uçun möljallangan öquv kontenti; fanlar elektron öquv-metodik majmualari hamda ilmiy va öquv adabiyotlari elektron bazasi; kompyuter texnikasi bilan jihozlangan alohida bino yoki auditoriyalar; texnik va dasturiy komponentlar işlaşini ta’minlaydigan muhandis-texnik xodimlar; ta’lim taşkilotiga tegişli bölgan, mamlakat hududida joylaşgan server qurilmasi; ta’lim taşkiloti töğrisidagi barça axborotlar joylaştirilgan sahifa.

Masofaviy ta’lim joriy etiş mumkin bölmagan bakalavriat ta’lim yönalişlari va magistratura mutaxassisliklari har yili 1 aprelgaça e’lon qilinadi. Masofaviy ta’lim asosida kadrlar tayyorlaşda bir bakalavriat ta’lim yönalişi 300 nafar, bir magistratura mutaxassisligi 30 nafar talabadan ortiq bölmasligi lozim. 

Bunda: mazkur talab axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yönalişlariga tatbiq etilmaydi; talabalar sonini aniqlaşda xorijiy davlat fuqarosi bölgan talabalar hisobga olinmaydi.

Masofaviy ta’limda öqişga qabul qilingan talaba quyidagi hollarda oliy ta’lim taşkilotiga kelişi şart: öquv jarayoni boşlanişidan avval – LMS platformasida röyxatdan ötiş uçun; har semestr yakunida – yakuniy nazorat topşiriş uçun.

Yakuniy davlat attestatsiyasi, bitiruv malakaviy va magistrlik işi himoyasi bevosita oliy ta’lim taşkilotida an’anaviy tarzda amalga oşiriladi, ularni sinxron yoki asinxron rejimida qabul qilişga yöl qöyilmaydi. Masofaviy ta’lim şakli tölov-kontrakt asosida amalga oşiriladi.