Eron va Iroq chegarasida ro‘y bergan zilzila oqibatida, so‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, 129 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Press TV Eron qutqaruv xizmati rahbariga tayangan holda xabar bermoqda.
Shuningdek 1 mingdan ortiq inson jabrlangani haqida xabarlar tarqalmoqda.
Mahalliy rasmiylar ma'lumotiga ko‘ra, Iroqning Sulaymoniya viloyatida 30dan oshiq kishi hayotdan bevaqt ko‘z yumgan.
Avvalroq Eron-Iroq chegarasidagi zilzila 100 dan ko‘proq odamning hayotiga zomin bo‘lgani xabar qilingandi.