16:41 / 02.10.2018
19670

«O‘zagrotexsanoatxolding» raisi Sirdaryodagi paxta terimida qatnashdi

Foto: O‘zagrotexsanoatxolding

Sirdaryo viloyati Xovos tumani dalalarida paxta terimi ayni avjiga chiqqan. «O‘zagrotexsanoatxolding» AJ raisi Muxtor Karimov ham ushbu tuman dalalaridagi paxta terimi bo‘yicha hasharda qatnashdi.

Foto: O‘zagrotexsanoatxolding
Foto: O‘zagrotexsanoatxolding
Foto: O‘zagrotexsanoatxolding
Foto: O‘zagrotexsanoatxolding

 - Paxta bizning milliy boyligimiz, - deydi M.Karimov. - Uni nobud qilmasdan terib olish nafaqat fermer va dehqonlarning, balki har birimizning burchimizdir. Shu sababli bugun o‘zim ham hasharda qatnashmoqdaman. Dalaga chiqishimning asosiy sabablaridan biri - hasharchilarga yaratilgan sharoit bilan shaxsan tanishib, ularni qiynayotgan muammolarini joyida hal etish.

Foto: O‘zagrotexsanoatxolding
Foto: O‘zagrotexsanoatxolding
Foto: O‘zagrotexsanoatxolding

Hozirda hasharga «O‘zagrotexsanoatxolding»ning 500 nafardan ko‘proq ishchilari qatnashmoqda. Ular bepul uch mahal issiq ovqat va yotoqxona bilan ta'minlangan. Bundan tashqari, hukumat tomonidan ularga har 1 kg terilgan paxta uchun 950 so‘mdan pul to‘lanmoqda. Shuningdek, ilg‘or terimchilarga qimmatli sovg‘alar va mukofot pullari berilishi ham ko‘zda tutilgan.

Foto: O‘zagrotexsanoatxolding
Foto: O‘zagrotexsanoatxolding
Foto: O‘zagrotexsanoatxolding

Shu bilan birga, xolding tomonidan hasharchilarga bayram dasturxoni yozilib, san'atkorlar ishtirokida bazm uyushtirildi. “TQTZ” AJ, “ChQTZ” AJ, “Klass Agro” QK, “Texnolog” AJ, “Agrixim” MChJ va “Amkodor-Agrotexmash” QKda ishlovchi ilg‘or terimchilarga esdalik sovg‘alari topshirildi. 

Foto: O‘zagrotexsanoatxolding

«O‘zagrotexsanoatxolding» paxta terish bo‘yicha mahalliy mashinalarni takomillashtirish yuzasidan jadal ishlar olib bormoqda. Bu jarayon xolding qoshidagi konstruktorlik byurosida amalga oshirilyapti. Ular keyingi yil sinovdan o‘tkaziladi.

Top