Surxondaryo viloyatining Bandixon tumanida Labo va Cobalt töqnaşdi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar berdi.

Ma’lum bölişiça, YTH 3 oktyabr kuni keçki payt sodir bölgan: fermer A.H. boşqaruvidagi Labo qarama-qarşi yönalişda kelayotgan Cobalt bilan töqnaşib ketgan. Bu paytda Labo maşinasi bortida paxta terimidan qaytayotgan ayollar bölgan.

YTH oqibatida fermer hamda terimçi ayollar turli darajada tan jarohati olgan. Ulardan ayrimlarining ahvoli oğir ekani aytilmoqda.

“Labo bortida öndan ortiq ayol bölgan. Fermer yölovçi taşiş mumkin bölmasa ham Laböda ayollarni paxta dalasiga taşigan. Qişloq va fermerning dalasi örtasidagi masofa taxminan 10 km atrofida.

YTHda önga yaqin ayol jarohatlangan. Ulardan biri singlim. Hozir Şerobod tuman şifoxonasida. Yelkasi singan. Şifokorlar jarrohlik amaliyoti ötkaziş zarurligini aytmoqda. Yana bir ayolning tos suyagi, boşqasining qovurğasi singan. Ayni paytda fermerning oilasidagi ruhiy holatni tuşunamiz, biroq jarohatlangan ayollarga moddiy kömak zarur”, deydi jabrlanuvçilardan birining yaqin qarindoşi Kun.uz jurnalisti bilan suhbatda.

Uning qöşimça qilişiça, fermerning özi ham şifoxonaning jonlantiriş bölimiga yotqizilgan. YTHda oğir tan jarohati olganlar Termiz şahridagi şifoxonaga olib ketilgan.

“3 oktyabr kuni Abbos akaning dalasidan paxta terimidan qaytayotganimizda 16 ayol avariyaga uçradik. Maşinani fermerning özi boşqarib kelayotgandi. Barçamiz jarohatlandik, lekin yordam berişmayapti, hol-ahvol söramadi heç kim. Yaxşisan, deb şifoxonadan javob berib yuborgandi. Keça xususiy klinikaga borib, apparatga tuşib keldim, 4 ta qovurğam singan deb çiqardi. Hamma ayollar jabr körgan, köpi operatsiya bölyapti”, degan jabrlangan ayollardan biri.

Yana bir jabrlanuvçi Salima Murodova esa fermerning akasi jarohatlangan ayollardan 2 kun xabar olib turganini, keyin u ham kelmay qöyganini ma’lum qilgan.

Surxondaryo viloyati IIB YHXB hozirça holat yuzasidan munosabat bildirmadi.