20:00 / 20.12.2018
87600

Prezident: Islohotlarning eng qiyin davri endi kelmoqda

Bugun, 20 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida soliq siyosatining asosiy yo‘nalishlari konsepsiyasini amaliyotga tatbiq etish doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, soliq olish tizimini takomillashtirish va shaffofligini ta'minlash borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar mavzusida videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Prezident 2019 yildagi asosiy vazifa sifatida iqtisodiy barqarorlikka erishishni ta'kidlab o‘tgan.

«Endi islohotlarning eng qiyin bosqichi boshlanadi. Hammamiz uchun. Yuqoridagi rahbarlardan boshlab, quyi pog‘onadagilargacha.

Balandparvoz gaplar bo‘ldi, ura-urachilik bo‘ldi. Bir-birimizni kechirdik. Lekin xalqimiz bizdan mutlaqo boshqa tizimni kutadi.

2019 yilda iqtisodiy barqarorlikka erishishimiz kerak. Dunyodagi global muammolar bizga ham ta'sir qiladi. Bozor nuqtai-nazaridan albatta ta'siri bo‘ladi.

Oldimizga katta marralar qo‘yganmiz. Har bir tumanning, har bir sohaning oldida hal qilinishi kerak bo‘lgan masalalar turibdi. Bu masalalar hal qilinishi uchun sohasini mukammal tushunadigan mutaxassislar kerak», deya prezident so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Top