10:13 / 11.01.2019
61585

Shavkat Mirziyoyev Samarqandga tashrif buyurdi

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev 11 yanvar kuni Samarqand viloyatiga tashrif buyurdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Qayd etilishicha, davlat rahbari viloyatda qurilayotgan uy-joylar, ilmiy va madaniy obektlar, iqtisodiy loyihalar bilan tanishadi. 

Tushdan keyin Samarqand shahrida faollar ishtirokida yig‘ilish o‘tkaziladi, deyiladi xabarda.

Yig‘ilishda viloyat hokimini tayinlash masalasi ham ko‘rilishi kutilmoqda.

Ma'lumot uchun, 2018 yilning iyulidan buyon Erkinjon Turdimov Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi hisoblanadi.

Top