08:23 / 05.02.2019
23752

Energetika vazirligi tarkibiga qaysi idoralar qo‘shilmoqda?

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi yoqilg‘i-energetika tarmog‘ini boshqarish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni imzolandi.

Mazkur farmonga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi tashkil etilmoqda.

Yangi tashkil etilayotgan Energetika vazirligi tuzilmasiga shu vaqtgacha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tarkibida bo‘lgan ayrim idoralar qayta tashkil etilib, kiritilmoqda. Chunonchi:

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligi kelgusida O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligi etib;

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasi kelgusida O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi etib;

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energetikada nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi kelgusida O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energetikada nazorat inspeksiyasi etib.

Top