1 maydan Özbekistonda elektr energiyasi va tabiiy gaz uçun yangi tariflar kuçga kiradi. Unga köra, 2024 yil 1 iyunidan boşlab avtomobillarga gaz töldiriş kompressor şoxobçalari (AGTKŞ) uçun 1 kub metr tabiiy gaz 1800 sömdan yetkazib beriladi. Energetika vazirligi matbuot kotibi Hasan Toşxöjayevning 22 aprel kuni Milliy matbuot markazida bölib ötgan anjumanda ma’lum qilişiça, metan zapravkalarda narxlar 1 iyunga qadar oşmaydi.
«1 maydan avtomobillarga gaz töldiriş kompressor şoxobçalarida narx oşirilmaydi. Xabaringiz bor, Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 30 mart kuni qabul qilingan 173-sonli qaroriga köra, metan zapravkalarda sotiladigan 1 kub metr tabiiy gazning narxi qat’iy belgilab berilgan. Bu 1 iyun sanasiga qadar 3350 sömni taşkil qiladi», – dedi u.
Hasan Toşxöjayev agar qayerdadir narx oşadigan bölsa, ijtimoiy tarmoq foydalanuvçilaridan tegişli organlarga murojaat qilişlarini söradi. Uning ta’kidlaşiça, boş prokuratura, Özenergoinspeksiya xodimlari mazkur masala bilan jiddiy şuğullanadi.
Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 16 apreldagi "Yoqilği energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etişning qöşimça çora-tadbirlari töğrisida»gi qaroriga köra, avtomobillarga gaz töldiriş kompressor şoxobçalariga 1 kub metr tabiiy gaz 1 maydan 1500 sömdan, 1 iyundan esa 1800 sömdan yetkazib beriladi. Şuningdek, metan AGşlarga 2025 yil 1 apreldan gaz 2500 sömdan yetkazib berilişi belgilangan.










