Tabiiy gaz bosimi me’yoriy sxemaga qaytgani munosabati bilan bugundan e’tiboran mamlakatdagi barça avtomobillarga gaz töldiriş kompressor şoxobçalari oçiladi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Mamlakatdagi metan zapravkalar 17 fevral kuni kuçli şamol va qor böronlari tufayli Buxoro viloyatidagi «L-Gazli-1» va «L-Gazli-2» yuqori kuçlanişli elektr uzatiş tarmoqlarida nosozlik yuzaga kelişi ortidan yopilgandi. Öşanda «Gazli» kompressor stansiyasidagi 8 ta hamda «Gazli» gazni qayta işlaş zavodiga qaraşli «Uçqir» kompressor stansiyasidagi 2 ta gaz haydaş agregati favqulodda töxtagandi.
Gaz bosimi kamaygani tufayli birinçi navbatda, aholi xonadonlari va ijtimoiy soha obektlarini tabiiy gaz bilan ta’minlaş maqsadida metan zapravkalar faoliyatiga çeklov kiritilgandi.
Avariyaviy holat bartaraf qilingaç, gaz agregatlari töliq kuç bilan işlay boşlaşi va metan zapravkalar ham belgilangan reja-grafik asosida (har kuni soat 8:00 dan 15:00 gaça vaqt oraliğida) bosqiçma-bosqiç işga tuşirilişi ma’lum qilingandi.
22 fevral kuni vazirlik metan zapravkalar faoliyatiga kiritilgan çeklovlar mahalliy hokimliklar bilan kelişilgan holda, avvaldan belgilangan reja-grafik asosida bosqiçma-bosqiç olib taşlanişi boşlanganini xabar qildi. Biroq bunday çeklovlar 6 martga qadar saqlanib qoldi.












