19:50 / 05.02.2019
6637

MAR hukumati qurolli guruhlar bilan sulh tuzdi

Foto: REUTERS/Goran Tomasevic

Markaziy Afrika Respublikasi hukumati Sudan poytaxti Xartum shahrida o‘tkazilgan ikki haftalik muzokaralardan keyin 14ta qurolli guruh bilan tinchlik kelishuvi tuzdi.

Afrika ittifoqi kelishuv haqida 4 fevral kuni e'lon qilgandi, ammo kelishuv shartlari ochiqlanmagandi.

Markaziy Afrika respublikasi Xalq uyg‘onish fronti guruhi vakili ma'um qilishicha, jangarilar amnistiya qilingan, muxolifat vakillari hukumatga kiritilgan.

The Defence Post xabarida qayd etilishicha, bu MARda keyingi 6 yilda tinchlik o‘rnatish uchun qilingan sakkizinchi urinishdir.

Bu mamlakatda 2012 yildan buyon turli guruhlar o‘rtasida qurolli to‘qnashuvlar davom etib kelmoqda, aholining (4,5 million kishi) 20 foizi - qochqinga aylangan va qo‘shni davlatlarga ketgan. 2013 yili musulmonlarni birlashtirgan «Seleka» guruhi o‘sha vaqtdagi prezident Fransua Bozizeni ag‘darishgan.

BMT 2014 yilda MARga 12 ming kishidan iborat tinchlikparvar missiyasini kiritgan, ammo tartibsizliklarga chek qo‘yilmagan. 2017 yil davomida jangarilar tinchlikparvar kuchlarning mingdan ortiq vakilini o‘ldirgan.

Ayni vaqtda hukumat mamlakat hududining atigi 20 foizini nazorat qiladi.

Mavzuga oid
Top