Rossiya Markaziy Afrika respublikasiga bir neça yuz nafar harbiylarini va harbiy texnika jönatdi, deb ma'lum qildi MAR hukumati vakili Anj Maksim Kazagi.
Le Figaro naşrining yozişiça, gap muntazam qöşinlar harbiy xizmatçilari va oğir harbiy texnika haqida bormoqda.
Kazagi mamlakatga kelgan harbiylarning aniq sonini aytmagan. Uning qöşimça qilişiça, Ruanda ham MARga bir neça yuz nafar askarini jönatgan.
Rossiya qöriqlaş taşkilotlarining xususiy jangçilari MAR prezidenti Fosten Arkanj Tuaderani qöriqlaydi, rossiyalik harbiy maslahatçilar esa mahalliy harbiylarni tayyorlaş bilan şuğullanadi, deb yozadi Le Figaro.
Ötgan şanba kuni hukumatga qarşi bölgan isyonçilar mamlakat poytaxtidan 107 kilometr uzoqlikda joylaşgan Mbaiki şahrini öz nazoratlariga oldi. Bundan avval esa Boda şahrini egallaşgandi.













