23:04 / 17.04.2019
8670

Sudanning sobiq prezidenti Xartumdagi turmaga joylandi

Sudanda harbiylar hokimiyatdan chetlatilgan sobiq prezident Umar al-Bashirni poytaxt Xartumdagi turmaga joylashdi. Bu haqda Associated Press axborot agentligi xabar berdi. 

Harbiy kengash vakilining aytishicha, Sudanning sobiq prezidenti 16 aprel kechki vaqt Kopar turmasiga o‘tkazilgan. Al-Bashir to‘ntaruvdan keyin o‘z qarorgohida “uy qamog‘ida” saqlanayotgan edi.

1993 yildan Sudanni boshqarib kelgan al-Bashir mamlakatda bir necha oy davom etgan noroziliklardan keyin 11 aprelda harbiylar tomonidan hokimiyatdan chetlatilgandi.

Mavzuga oid
Top