16:42 / 31.05.2019
13945

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining Samarqand filiali tashkil etildi 

Foto: KUN.UZ

Hukumat qarori bilan Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining Samarqand filiali tashkil etildi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.

Filialning asosiy vazifasi Germaniya va boshqa rivojlangan davlatlar bilan hamkorlikda quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha malakali kadrlar tayyorlash hisoblanadi:

«Raqamli iqtisodiyot»;
«Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti»;
«Oziq-ovqat va resurslar iqtisodiyoti»;
«Agrobiznes va marketing»;
«Buxgalteriya hisobi va audit».

Filialga qabul 2019/2020 o‘quv yilidan boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, shu haftada Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining Qarshi filiali tashkil etilgani xabar qilingan edi.

Top