Hukumat qarori bilan Toşkent irrigatsiya va qişloq xöjaligini mexanizatsiyalaş muhandislari institutining Qarşi filiali taşkil etildi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.

Qişloq va suv xöjaligi sohasi uçun yuqori malakali kadrlarni milliy va xalqaro standartlar darajasida sifatli tayyorlaşni ta'minlaş Filialning asosiy vazifalaridan etib belgilandi.

Filialda öquv jarayoni 2019/2020 öquv yilidan boşlanadi hamda talabalarni qabul qiliş soni har yili tasdiqlanadigan respublika oliy ta'lim muassasalariga öqişga qabul qiliş kvotalaridan kelib çiqqan holda belgilanadi.

Şuningdek, qaror bilan Filial huzurida akademik litsey taşkil etildi.

Qarşi agrobiznes va tadbirkorlik kasb-hunar kolleji – Filialga, Qovçin qişloq xöjaligi kasb-hunar kolleji binosi akademik litseyga berildi. 

Mazkur kasb-hunar kollejlari öquvçilari öqişni bitirgunlariga qadar Filial va akademik litsey binolarida öqişni davom ettiradilar.

Filial va akademik litsey onlayn ma'ruza hamda masofaviy ta'lim uçun telekommunikatsiya jihozlari va infratuzilma bilan ta'minlanadi, şuningdek, ularni yuqori tezlikdagi internet hamda elektron ta'lim milliy tarmoğiga ulaş çoralari köriladi.