17:10 / 04.07.2019
14797

«Manchester Siti» yangi transferini e'lon qildi. Klub rekordi o‘rnatildi

Angliyaning «Manchester Siti» klubi ispaniyalik yarim himoyachi Rodrigo Ernandesning transferini e'lon qildi:

«Chempionlar safiga xush kelibsan, Rodri» deb yozdi «shaharliklar», rasmiy tvitteri.

Manchester klubi Rodri uchun «Atletiko»ga 70 million yevro to‘ladi.

OAV ma'lumotiga ko‘ra, «shaharliklar» transfer pulini Rodriga berishgan va futbolchi o‘z transferi uchun o‘zi pul to‘lagan. «Siti» moliyaviy feyr-pleydan qochish uchun shunday yo‘l tutgan.

Top