«Man Siti» «Arsenal»ga qarşi, Klopp De Dzerbini imtihondan ötkazadi, Germaniyada «Der Klasiker». Hafta öyinlari anonsi
|20:47 / 30.03.202411 05714 min
Ikkita yaxşi xabar bor. Birinçisi, şu bilan mavsum oxirigaça klublar futboli tanaffusga çiqmaydi. Demak har hafta va hatto har kuni futbol tomoşa qilib, milliy çempionatlar ğoliblarini, yevrokubok sohiblarini aniqlaymiz. Ikkinçisi, Yevropada soatlar yozgi vaqtga ötayotgani uçun mana şu yakşanba kunidan boşlab, öyinlar bir soat vaqtliroq bölib ötadi, biz ham bir soat ertaroq uxlaşga yotamiz. Ungaça esa Ispaniya va Germaniyada klassikolar, Angliyada yana bir çempionlik bahsi. Yoqimli iştaha.
Foto: Getty ImagesFoto: Getty Images
BAVARIYa – BORUSSIYa DORTMUND (30 mart, 22:30)
«Agar poyezdga keç qolsang, neça soatga ulgurmaganing muhim emas» iborasi futbolga juda mos, ayniqsa, uşbu mavsumdagi «Bavariya»ga. Myunxenliklar Yevropada eng köp tanqid qilinayotgan top-klublardan biri bölib turibdi, hatto bu bosimga murabbiy ham doş bera olmay, yozda jamoani tark etişini bildirdi. Aslida qarasak, jamoa Çempionlar Ligasi çorakfinaliga çiqdi. Bundesligada-çi? Bir qiziq fakt, hozirda «Bavariya» 78 imkoniyatdan 60 oçko töplagan, ya’ni umumiy oçkoning 77 foizini. Bu körsatkiçdan pastroq natija bilan «Bavariya» oxirgi uç yilda mamlakat çempioni böldi, hozir esa peşqadamdan 10 oçko orqada. Ya’ni bu safar poyezd biroz tezroq yurayotgani, Bundesligadagi holat aslida «Bavariya»ning muvaffaqiyatsizligidan ham köra, «Bayyer»ning haddan taşqari yaxşi natija qayd etayotgani bilan boğlaş töğriroq bölar?
Nima bölgandayam, «Bavariya»ning uşbu turdagi «Borussiya»ga qarşi öyini ahamiyatli, axir Der-Klassiker, birinçidan, ikkinçidan esa «Bavariya» har qanday holatda ham tempni tuşirmasdan öz oçkolarini yiğişda davom etişi kerak. Kim biladi, balkim sönggi turda ötgan mavsumdagi kabi yöq joydan sovğa tuşib qolar? Öyin «Borussiya» uçun ham juda muhim. Dortmundliklar 50 oçko bilan hozirda 4-örinda borişmoqda, ammo beşinçi poğonadagi «Leypsig»da 49 oçko bor. Nemislar yakunda Çempionlar Ligasiga 5 yöllanmani ham qölga kiritişlari mumkin, ammo bu hali aniq emas, yöllanma uçun kuraşda kuçli törtlikka kiriş eng xavfsizi. Keyingi turda «Borussiya» öz maydonida uçinçi örinda borayotgan «Ştutgart»ni qabul qiladi. Mana şu ikki öyinda imkon qadar oçko yöqotmaslik Terziç şogirdlariga mavsumning sönggi qismida işonçli töp surişga şaroit taqdim etadi. «Borussiya»ni ön kundan keyin Çempionlar Ligasi çorak finalida «Atletiko» bilan öyin ham kutib turganini unutmaslik kerak.
Özaro öyinlarga qaralsa, Bundesliga doirasida «Borussiya» raqibi ustidan oxirgi marta 2018 yilda, barça musobaqalarni inobatda olsak, 2019 yilda mağlubiyatga uçratgan. Keyin bölib ötgan 11 uçraşuvning 10 tasida myunxenliklarning qöli baland keldi, jumladan, birinçi davrada Dortmundda bölgan öyinda mehmonlar 4:0 hisobida ğalaba qozongan edi.
Jarohatlarga töxtaladigan bölsak, mezbonlarga Sarr, Pavloviç, Gerreyru, Boyye, hamda Noyyerlar yordam bera olişmaydi. «Borussiya» safida Kobel va Allerda jarohat bor. Şuningdek, «Bavariya»ning sobiq yarimhimoyaçisi Marsel Zabitser «Verder» bilan öyinda qizil kartoçka olgandi. U ham diskvalifikatsiya tufayli sobiq jamoasiga qarşi maydonga tuşa olmaydi.
Mavzuga oid
LIVeRPUL – BRAYTON (31 mart, 18:00)
Şu kunlarda «Bayyer» boş murabbiyi Xabi Alonsoning Leverkuzenda qolişi sababli «Liverpul» öz e’tiborini boşqa murabbiylarga qaratişi haqida işonçli manbalardan xabarlar çiqdi. Hozirda «Sporting»ni boşqarayotgan Ruben Amorim hamda «Brayton» ustozi Roberto de Dzerbi asosiy da’vogar sifatida tilga olinişmoqda, tabiiyki, mana şu fonda de Dzerbining «Enfild»dagi imtihoni juda qiziqarli böladi.
Bu nafaqat de Dzerbi, balki «Liverpul» uçun ham imtihon, zero barça musobaqalarda 4 öyindan beri, aniqroği, italiyalik murabbiy «Brayton» boşqaruviga kelganidan buyon Klopp hali biror marta ham raqibini yenga olgani yöq. Ötgan mavsumda «Brayton» öz maydonida 3:0 hisobida yutib, «Enfild»da 3:3 öynagan, uşbu mavsum birinçi davrasidagi öyinda esa 2:2 hisobi qayd etilgandi. Şuningdek, «Brayton» ötgan yili «Liverpul»ni Angliya kubogi musobaqasidan ham çiqarib yuborganini eslasangiz kerak. Xullas, Yurgen Klopp va Roberto de Dzerbi örtasidagi navbatdagi öziga xos duel bölib ötadi.
Turnir jadvali nuqtai nazaridan ham mezbonlar uçun öta ahamiyatli palla. Uşbu turda çempionlik poygasidagi asosiy raqiblar özaro kuç sinaşişini e’tiborga olsak, «Liverpul»da uşbu turdan söng yaqqol peşqadam bölib oliş imkoniyati bor. Agar Klopp şogirdlari birinçi öringa çiqib olişsa, uyoğiga özaro uçraşuvlar yöq, bor kuçini taşlab çempionlik sari odimlaşi mumkin. «Arsenal» va «Mançester Siti»dan farqli ravişda «Liverpul» Çempionlar Ligasida yöqligini ham ta’kidlaş kerak.
Milliy jamoalar bilan boğliq tanaffusdan söng, futbolçilarning holati haqida aniq ma’lumotlarni oliş qiyin. Futbolçilar milliy jamoalardagi yiğinlardan turli sport formasida qaytib kelişlari, umuman bunday tanaffusdan keyin, yiğinlarga köproq a’zosini yuborgan top-klublarga biroz noqulay bölişini ham inobatga oliş kerak. Misol uçun, Şimoliy Irlandiyaga qarşi öyinda Endryu Roberson jarohatlandi va bir muddat şeriklariga yordam bera olmaydi. Jota, Alisson, Trent kabi futbolçilarning qaytişi mana şu oyga belgilangan, ammo «Brayton» bilan öyinda tayyor bölişlari dargumon. Ammo kiçik jarohat tufayli milliy jamoalar çaqiruvidan qutulib qolgan Darvin Nunez va Ketrin Jonslar töliq tiklanib, maydonga tuşişga tayyor ekani haqida xabarlar bor. Mehmonlar safida esa Solli Març, Mitoma, Jyezus kabi asosiy tarkib futbolçilari şeriklariga yordam bera olişmaydi. Şuningdek, Jyeyms Milner ham sobiq jamoasiga qarşi öyinni ötkazib yuboradi.
MANÇeSTeR SITI – ARSeNAL (31 mart, 20:30)
Hozirda uçinçi örinda borayotgan bölsa-da, mutaxassislar tomonidan «Mançester Siti»ning çempionlik poygasida favorit ekanini aytayotganlar hali ham köp. Tabiiyki, bunga Pep Gvardiola jamoasining tarkibi, avvalgi mavsumlarda aynan şunday holatlardan ğolib sifatida çiqqani sabab qilinadi, ammo yana şuni aytiş kerakki, «şaharliklar»ga sönggi mavsumlarda yordam berib kelgan mana şu faktorlar uşbu mavsumda yetarliça işlamayotgandek.
Esingizda bölsa, ötgan yili «Mançester Siti» «Arsenal»dan ança ortda borgan bölsa-da, yakunda quvib öta olgan, bunga ayniqsa, özaro uçraşuvlardagi ikki ğalaba katta yordam bergan. Negadir, bu mavsumda «Mançester Siti»ning top-öyinlardagi natijalari qoniqarli bölmayapti. Misol uçun, bugungi top-5 jamoalarga qarşi öyinlarda Pep Gvardiola şogirdlari hali biror marta ham ğalaba qozona olişgani yöq. «Liverpul» bilan ikki durang, «Tottenhem» bilan ham yöqotiş, «Arsenal» va «Aston Villa»ga qarşi safar öyinlarida mağlubiyat. Agar bu safar «Arsenal» mağlub etilmasa, «Siti» mana şu uçlikda eng yomon holatga tuşib qolişini ham, eng işongan mutaxassislar ham raqiblarga köproq ustunlikni taqdim etişini ham yaxşi bilasiz. Pep Gvardiolaga yordam berib kelgan yana bir ustunlik – tarkibning salohiyati borasida ham muammolar yetarli. Ötgan yozda Gundöğan, Mahrez kabi tajribali futbolçilar jamoani tark etişdi, ularning örniga kelgan Nunes jarohat oldi, Doku mavsum boşida hammani lol qoldirgan bölsa-da, unga qarşi öynaşni örganib olişdi. Griliş yaxşi formada emas, De Bryuyne qatorasiga bir neça uçraşuv yuqori darajada öynaşga jismoniy tomondan eplay olmayapti.
Mana şu muammolar fonida «Arsenal»ning ayniqsa, yangi yildan beri ança kuçaygani sezilib turibdi. «Arsenal» 2024 yildagi APL doirasidagi barça 9 öyinni öz foydasiga hal qildi. Töğri, taqvim borasida ham londonliklarda qulaylik bor edi, ammo raqiblar içida «Nyukasl», «Liverpul», «Vest Hem» kabi yuqori örinlardagi jamoalar bölgani va bu uçraşuvlar «Arsenal»ning yaqqol ustunligida ötganini ham ta’kidlaş kerak. Ya’ni Portugaliyadagi YeÇL öyinidan taşqari biror uçraşuv bölmadiki, «Arsenal»ning raqibi heç bölmasa tengma teng kuraşa olgan bölsin. Demak, öyin «Etihad»da bölsa-da, balkim oxirgi ön yilliklarni olganda ham birinçi marta «Arsenal»ni «Mançester Siti»ga nisbatan favorit demasak-da, imkoniyatlarni teng baholaşimiz mantiqan töğri böladi.
Yuqorida «Mançester Siti» tarkibi böyiça töxtalib ötildi, buning ustiga, milliy jamoalar yiğinlarida jamoaning birdaniga ikki futbolçisi jarohat tufayli uçraşuvni erta tark etişga majbur böldi. Avvaliga Kayl Uoker, keyin esa Jon Stounz Angliya milliy jamoasidagi iştirokini yakuniga yetkaza olmadi. Buning ustiga yana bir markaziy himoyaçi Manuel Akanjining ham jismoniy holati söroq ostida qolmoqda. Kevin de Bryuyne ham, Akanji ham umumiy guruh maşğulotlari qatnaşgan bölişsa-da, ilk daqiqalardan maydonga tuşa olişlari borasida aniq fikr aytiş qiyin. Mezbonlar safida himoyaçilarda muammolar bölsa, «Arsenal» Martinelli va Sakaning yordamidan töliq foydalana olmasligi mumkin. Har ikki futbolçi ham tanaffusdan oldin kiçik jarohat tufayli milliy jamoaga çaqirilişmagan va bugungi kunda qay darajada tayyor ekani ma’lum emas.
ReAL MADRID – ATLeTIK (31 mart, 23:55)
«Atletik» Ispaniyada yuqori divizionni tark etmagan uç jamoadan biri sanaladi va şuning uçun, bilbaoliklarning «Real» va «Barselona»ga qarşi öyinlari ham «Klasiko» maqomini olgan. Uşbu mavsumda Valverde şogirdlari ança munosib harakat qilib, ham Çempionlar Ligasi yöllanmasi uçun, ham Qirollik kubogi uçun kuraşni davom ettirayotgani katta natija. «Atletik» kelasi yakşanba kuni kubok finalida «Malorka»ga qarşi öynaydi – uşbu musobaqagi oxirgi beşta finalini boy bergan jamoa 40 yillik tanaffusdan söng kubokni boşi uzra kötariş imkoniyatiga ega. La Liga frontida esa jamoa hozirda hatto «Atletiko»ni ham ortda qoldirib, 4-öringa joylaşib olgan. Buning ustiga «Atletik» ayniqsa, sönggi yillarda «Bernabeu»da munosib qarşilik körsati olmoqda. Madridda ötgan oxirgi 6 uçraşuvning yarmida mehmonlar mağlubiyatga uçramaslikning uddasidan çiqişgan. Xususan ötgan mavsumdagi öyinda ham faqat Benzemaning penaltidan hisobni tenglaştirişi mezbonlarni mağlubiyatdan qutqarib qolgandi. Umuman olganda ham «Atletik» uşbu mavsumda safar öyinlarida köp jamoalar uçun noqulay bölib kelmoqda – ötgan 14 safar uçraşuvida jamoa atigi 12 ta gol ötkazgani ham yaqqol isbot. «Atletik» ötkazilgan 29 öyinning 15 tasida öz darvozasini daxlsiz saqlay olgan – bu ham Ispaniya çempionatida eng yaxşi körsatkiç.
«Real» esa Ispaniya çempionatida nihoyat «Jirona»dan yetarliça masofaga uzoqlaşib olgan bölsa-da, bosim avvalgidan ortdi ham, zero endi ta’qibçi qaçondir pasayişi kutilgan «Jirona» emas, «Barselona» bölib qoldi. Örtada 8 oçkolik farq bölsa-da, «Barselona» nihoyat yaxşi sport formasiga kirib olib, 10 uçraşuvdan buyon yutqazmayotgani, buning ustiga, Çempionlar Ligasidagi öyinlar ham halaqit berişini inobatga olsak, kuraş hali tugamaganga öxşaydi. Aprel oyi oxirida «El Klasiko» ham kutib turibdi, tabiiyki, öşa öyin oldidan bosimni köpaytirib olmaslik uçun «Real» heç bölmasa bugungi 8 oçkolik farqni saqlab turişi, buning uçun esa keyingi turlarda yuz foizlik natija körsatişi lozim böladi.
Yöqotişlar borasida «Real»ning holatiga xavas qilib bölmaydi. Kurtua, Alaba, Militaolarning yöqligiga örganib bölgandik hamki, tarkibdagi eng universal futbolçi Eduardo Kamavinga ham kamida ikki haftaga safdan çiqdi. U «Mançester Siti»ga qarşi öyinlarni ham ötkazib yuborişi mumkin. Şuningdek, Vinisius «Osasuna»ga qarşi öyinda ikki gol urganidan taşqari, hakam tomonidan ogohlantirilgan ham edi. Bu esa diskvalifikatsiyaga olib keladigan sönggi kartoçka bölib çiqdi. Kim biladi, balkim aynan «Barselona»ga qarşi öyin oldidan «tozalanib oliş» uçun ham ataylab qilingandir?
Mehmonlar safida esa asosiy tarkib futbolçilari içida Paredes, de Galarretta va Berçiçelarda jarohat bor. Şuningdek, zaxiradan yordam berişi mumkin bölgan Ander Erreraning ham tiklanib ulgurmagani ehtimoli yuqori.
BOŞQA ÖYINLAR
30 mart. NAPOLI – Atalanta (16:30), NYuKASL – Vest Hem (17:30), BAYYeR – Xoffenxaym (19:30), ÇeLSI – Byornli (20:00), TOTTeNHEM – Luton (20:00), Latsio – YuVeNTUS (22:00), ASTON VILLA – Vulverhempton (22:30), Fiorentina – MILAN (31 marta ötar keçasi, 00:45), BARSeLONA – Las Palmas (31 martga ötar keçasi, 01:00), Brentford – MYu (31 martga ötar keçasi, 01:00)
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi