Angliya: Salohning sevimli raqibi

«Liverpul» — «Brayton» 2:1
Gollar: Dias (27), Saloh (65) — Uelbek (2).
«Liverpul» – Kelleher, Bredli, van Deyk, Kuansa, Gomes, Endo, Soboslai, Mak Allister, Saloh, Dias (Gakpo, 89), Nunes (Elliott, 83).
«Brayton» – Verbryuggen, Veltman, Dank, van Hekke, Estupinyan (Barko, 90), Lempti (Buonanotte, 70), Gross, Moder (Lallana, 83), Baleba, Adengra (Fergyuson, 83), Uelbek.
Ogohlantirişlar: Mak Allister (14), Gross (20), Uelbek (48), van Deyk (50), Gomes (58), van Hekke (71), Endo (88), Gakpo (90+4).

«Liverpul»ning «Brayton»ga qarşi öyiniga faqatgina çempionlik poygasidagi muhim öyin sifatida qaralgani yöq. Gap şundaki, «çaykalar» boş murabbiyi Roberto De Dzerbi Yurgen Kloppning örinbosari sifatida körilmoqda va «Enfild»da uning hozirgi jamoasi ança dadil boşladi. Tezkor hujumda van Deyk jarima maydoni içida kuraşni boy berdi va Uelbek Kelleherga imkoniyat qoldirmadi. Mehmonlar şundan keyin ham qizillar bosimini yengib ötgan holda öz baxtini raqib darvozasi atrofidan izlaşda davom etdi.

Biroq mezbonlar töliq ustunlikka ega bölişdi va birinçi bölimning özida javob golini urişdi. Bunda jamoaning omadi ham keldi, töp himoyaçi orqali borgani uçun ofsayd holatidagi Diasning goli inobatga olindi. Ikkinçi bölim boşida esa Mak Allisterning mahorati ğalabani ta’minladi. Avvaliga argentinalik yarimhimoyaçi sobiq jamoasi darvozasiga yöllagan zarba ustun yonidan ötib ketdi, keyinroq Salohni golli pas bilan ta’minladi.

«Brayton» — misrlik futbolçining sevimli jamoasi bölib qolmoqda. U uşbu jamoaga qarşi öyinlarda 9 gol urgan va 6 golga uzatma bergan. Öninçi golni ham urişga yaqin kelgandi, ammo Verbryuggen uning murakkab zarbasini olib çiqişga erişdi va intriga sönggi soniyalarga qadar saqlanib qoldi. Qolgan vaqt davomida mezbonlar qator yoqimsiz pallalarni boşdan keçirişdi, goh mehmonlarning zarbalariga biroz aniqlik yetişmadi, goh zarbalarni Kelleher qaytardi. Asosiysi — «Liverpul» birinçi öringa kötarildi va «Mançester Siti» va «Arsenal» örtasidagi töqnaşuvni xotirjam kuzatiş imkoniga ega böldi.

Londonliklar himoyalaniş böyiça master-klass ötişdi

«Mançester Siti» — «Arsenal» 0:0
«Mançester Siti» – Ortega, Akanji, Ake (Lyuis, 27), Diaş, Gvardiol, Bernardu Silva, Foden (Doku, 61), Kovaçiç (Griliş, 61), de Bryuyne, Rodri, Holand.