20:50 / 07.04.2020
8387

Kundalik tutish zarurati bejiz emas – Bosh prokuratura izohi

6 apreldan boshlab Bosh prokuratura fuqarolarga kundalik yuritishini so‘rab murojaat qilgani haqida xabar qilgandik. Unda karantin davrida har bir fuqaroga qachon, kim bilan, qayerda va qay tarzda muloqot qilganini yozib borish tavsiya etilgan.

Bosh prokuratura Axborot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov bu chorani shunday izohladi:

– Bosh prokuror farmoyishi asosida bosh prokuror birinchi o‘rinbosari boshchiligidagi maxsus guruhlar koronavirusga chalingan bemorlar bilan tegishli surishtiruv ishlarini o‘tkazadi. Kundalik tutishni so‘rashdan maqsad, jahon tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki, bir bemor o‘nlab odamlarga kasallik yuqtirishi mumkin. Ammo surishtiruv paytida kimlar bilan uchrashganini aniq aytib bera olmaydi. Bu avvalo insonning o‘zi, yaqinlari va boshqalarning salomatliklarini saqlashga qaratilgan.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top